• 27-modda. Sud tomonidan hal etiladigan ishlar
  • -modda. Sudga taalluqli ishlar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    26-modda. Sudga taalluqli ishlar
    Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari,
    erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy
    huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi
    Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga
    taalluqli ishlar mustasno.
    Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda
    tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va ma’muriy
    organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el
    yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida
    ko‘radi.
    O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki fuqarolik
    ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    27-modda. Sud tomonidan hal etiladigan ishlar
    Sud:
    1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
    2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-
    huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon
    matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular
    mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik
    shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari,
    harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
    3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
    4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga
    olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi
    mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
    5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan
    o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
    6) ushbu Kodeksning 
    27 -moddasida
     ko‘rsatilgan investitsiya nizolari bo‘yicha;
    7) ushbu Kodeksning 
    27 -moddasida
     ko‘rsatilgan raqobat to‘g‘risidagi;
    8) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar
    bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan
    shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.
    Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va
    qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy
    munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham
    hal qiladi.
    Arizachi ushbu moddada ko‘rsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga
    sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga
    haqli.
    Ushbu moddada ko‘rsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini
    qoplash to‘g‘risidagi talab taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda yoki iqtisodiy sudda
    ko‘rib chiqilishi lozim.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish