• 25-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
  • 5-bob. Ma’muriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi 1-§. Sudga taalluqlilik
  • -modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    24-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi
    Rad qilish to‘g‘risida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar
    rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning ham fikrini eshitadi.
    Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sud raisi tomonidan hal
    qilinadi.
    Ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab
    etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni
    yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
    Bir nechta sudyani yoki ishni ko‘rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi
    masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
    Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o‘zini o‘zi rad qilishi yoki
    ularni rad qilish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
    Sudyaning o‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda
    hal etiladi.
    Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
    25-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
    O‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi yoki sudyani yoxud bir nechta sudyani yoinki butun sud
    tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish o‘sha sudda, biroq sudyalarning
    boshqa tarkibida ko‘riladi.


    Agar o‘zini o‘zi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni o‘sha sudda
    ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni bo‘lmasa, ish boshqa sudga o‘tkazilishi
    kerak.
    5-bob. Ma’muriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi
    1-§. Sudga taalluqlilik

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish