3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa
yoxud uning
xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
5) ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibidagi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.
22-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni va sud majlisi kotibini rad
qilish
Prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibi quyidagi hollarda ishni ko‘rishda
ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo‘lsa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning
xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Ekspertni va mutaxassisni rad qilish uchun quyidagilar ham asos bo‘ladi:
1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yoki ularning vakillariga
ishning muhokamasi
paytida yoki o‘tmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoxud boshqa jihatdan tobe bo‘lganligi;
2) u o‘tkazgan taftish materiallari sudga murojaat qilish uchun asos yoki sabab bo‘lib xizmat
qilgan bo‘lsa yoxud ishni ko‘rishda ulardan foydalanilayotgan bo‘lsa.
23-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizalar
Ushbu Kodeksning
21
va
22-moddalarida
ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror,
ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi
mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni,
sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning
tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan bo‘lishi va ishni mazmunan
ko‘rish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi kerak.
Ish ko‘rilayotganda o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga, agar o‘zini o‘zi rad
qilish yoki rad qilish uchun asos o‘zini o‘zi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga
ishni mazmunan ko‘rish boshlanganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad
qilish bildirilishi mumkin
emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u ko‘rib chiqilmaydi.