Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko‘rish hay’atda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining ko‘pchiligi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.
Ishni ko‘rishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi.
Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda ko‘rish va ayrim masalalarni hal qilish
huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish ko‘radi.
18-modda. Sud tarkibini shakllantirish
Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga
olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan
shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi
istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan
foydalangan holda shakllantiriladi.
Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan ko‘rilishi boshlangan
ish aynan shu sudya yoki sud
tarkibi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Sudya yoki sudyalardan biri:
sudya ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi rad qilgan yoki sudyani rad qilish
haqida ariza berilgan va bu qanoatlantirilgan taqdirda;
sudya yo‘qligi sababli ishni ko‘rish imkoni bo‘lmagan taqdirda almashtirilishi mumkin.
Sudya almashtirilganidan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.