• 2-bob. Ma’muriy sud ishlarini yuritish prinsiplari 8-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
  • 9-modda. Qonun va sud oldida tenglik
  • 10-modda. Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi
  • 11-modda. Sudning faol ishtiroki
  • I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    7-modda. Sud hujjatlari
    Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
    Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori, qaror
    qabul qilinadi.
    Apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha
    apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi.
    Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi.
    2-bob. Ma’muriy sud ishlarini yuritish prinsiplari
    8-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
    Ma’muriy ishlar bo‘yicha odil sudlov ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha faqat sud
    tomonidan amalga oshiriladi.
    9-modda. Qonun va sud oldida tenglik
    Ma’muriy ishlar bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
    chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, yuridik shaxslarning esa mulkchilik shaklidan,
    joylashgan yeridan, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar qonun va sud oldida tengligi
    asosida amalga oshiriladi.
    10-modda. Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi
    Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.
    Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda
    aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
    Sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanadi.
    11-modda. Sudning faol ishtiroki
    Ma’muriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
    Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular
    tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan ma’muriy
    ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama,
    to‘liq va xolisona tekshiradi.
    Sud o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha
    qo‘shimcha dalillar to‘playdi, shuningdek ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga
    qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.


    Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirishda va dalillarni to‘plashda
    sudga ko‘maklashishi shart.

    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish