• 48-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar
  • 49-modda. Sud majlisining kotibi
  • 50-modda. Guvoh
  • -modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    47-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki
    Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, davlat organlari va boshqa shaxslar fuqarolar va
    yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish
    maqsadida ariza berishi mumkin. Ariza bergan mazkur organlar va shaxslar arizachining barcha
    huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
    Davlat organi va boshqa shaxsning o‘zi bergan arizadan voz kechishi arizachini ishni
    mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
    Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arizachining huquqlarini himoya qilish maqsadida
    taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
    48-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar
    Ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni
    amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar
    ishtirok etishi mumkin.
    49-modda. Sud majlisining kotibi
    Sud majlisi vaqtida sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi
    vazifalarini bajaradi.
    Sud majlisining kotibi ma’muriy ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan
    harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi
    haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganligi
    sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga ma’lum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar
    bo‘yicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish,
    shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa topshiriqlarini bajaradi.
    50-modda. Guvoh
    Ishga doir biror-bir holatdan xabardor har qanday shaxs guvoh bo‘lishi mumkin.
    Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas:
    fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar,
    ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar — vakil, himoyachi yoki advokat
    vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida;
    jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga
    yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.



    Download 1,69 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish