• 74-modda. Yozma dalillar
  • -modda. Dalillarga baho berish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    73-modda. Dalillarga baho berish
    Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan
    holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchiga ko‘ra baho
    beradi.
    Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning
    yig‘indisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.
    Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to‘g‘ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan
    olinadi.
    Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas.


    Sud tarafning hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal qilinadigan, dalillar maqbulligi
    to‘g‘risidagi arizasiga bog‘lanib qolmaydi.
    Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan
    holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yo‘qotilgan hamda sudga topshirilmagan bo‘lsa, va ushbu
    hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan ko‘chirma nusxalari
    o‘zaro bir xil bo‘lmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab bo‘lmasa,
    isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.
    74-modda. Yozma dalillar
    Ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
    hujjatlar, shartnomalar, ma’lumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki
    boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda
    olingan o‘zga hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
    Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxada taqdim etiladi.
    Agar ko‘rilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador bo‘lsa, uning tasdiqlangan ko‘chirmasi
    taqdim etilishi mumkin.
    Ish holatlari qonunchilikka muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim
    bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
    Sudga taqdim etiladigan, to‘liq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning
    tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
    Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legallashtirilgan
    bo‘lsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet davlatda
    olingan hujjat legallashtirilmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish