• 286-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish
  • -modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilish




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    285-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilish
    Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala ilgari qabul qilingan sud hujjatini bekor
    qilish yoki o‘zgartirish haqida yangi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan hal etiladi.
    Agar sud hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorda uning qaytarma ijrosi
    to‘g‘risida ko‘rsatma bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli.
    Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran
    yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz ko‘rib chiqiladi.
    Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjati ijro etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
    Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim
    chiqariladi.
    Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
    Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan
    mablag‘larni qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.
    286-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish
    Sud bergan ijro varaqasi asosida davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan ijro ishini yuritishni
    sud qonunda nazarda tutilgan hollarda, undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga
    ko‘ra to‘xtatib turishi yoki tugatishi mumkin.
    Ma’muriy sud tomonidan berilgan ijro varaqasi asosida ko‘zg‘atilgan ijro ishini yuritishni
    to‘xtatib turish va tugatish o‘sha sud yoki davlat ijrochisi joylashgan erdagi ma’muriy sud
    tomonidan amalga oshiriladi.
    Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi ariza u kelib tushgan kundan
    e’tiboran yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz ko‘rib
    chiqiladi.
    Ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari
    bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek davlat
    ijrochisiga yuboriladi.
    Ajrim ustidan u chiqarilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda shikoyat qilinishi (protest
    keltirilishi) mumkin.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilish

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish