Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi ariza, agar u o‘zining shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qo‘yiladigan
talablarga rioya etilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli sudning ish yuritishiga qabul qilinadi.
Arizani sudning ish yuritishiga qabul qilish to‘g‘risidagi masala u sudga kelib tushgan kundan
e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning
124-
moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
273-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza ushbu Kodeksning
270
va
271-moddalarida
belgilangan qoidalar buzilgan holda
berilgan bo‘lsa;
2) ariza belgilangan muddat tugaganidan so‘ng berilgan bo‘lsa va uni tiklash to‘g‘risida
iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
3) ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash sabablari uzrsiz deb hisoblanib,
shunga ko‘ra ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashga asoslar mavjud bo‘lmasa.
Arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Arizani qaytarish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining
1
va
2-bandlarida
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza
bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.