• 271-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
  • -modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    270-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
    ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati
    Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
    to‘g‘risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos
    bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi
    shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi.
    Arizaga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi
    boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
    Ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning
    iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan
    kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish
    sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
    271-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
    ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
    Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
    to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan
    imzolanadi.
    Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
    1) ariza berilayotgan sudning nomi;
    2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning
    joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
    3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul
    qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, talab predmeti;
    4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikri bo‘yicha sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos
    bo‘ladigan yangi ochilgan holat;
    5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
    6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
    Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
    1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari;
    3) ariza va hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
    yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
    4) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish