266 -modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

1


266 -modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish
yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega
bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) shikoyat (protest) Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent
shahar ma’muriy sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya yoki kassatsiya
tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy
ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va
Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida
ko‘rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest
keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan
bo‘lsa;
3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan ko‘rilgan sud hujjati ustidan
berilgan va xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risida shikoyat ish
yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan bo‘lsa va voz kechish taftish instansiyasi sudi
tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
5) protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protestni chaqirib olish
to‘g‘risida protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan bo‘lsa;
6) ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs shikoyat (protest) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga
qadar tugatilgan bo‘lsa;
7) ishda taraf bo‘lgan fuqaro shikoyat (protest) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar
vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi,
uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir
shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga takroran
murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



266 -modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish