-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

262-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish
to‘g‘risidagi ajrim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun
o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
3) shikoyat bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan taftish tartibida shikoyat berilgan sud hujjatlari;
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
6) taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar
bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish asoslari.
Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha
sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarilganda shikoyat va
unga ilova qilingan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning o‘rinbosari sudyaning taftish
tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov
hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimiga qo‘shilmaslikka hamda
taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning arizasiga asosan uni bekor qilish va shikoyatni ko‘rib
chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha
sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida ajrim chiqarishga haqli.
Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha
sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilish haqidagi
ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida
berilishi mumkin.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza
ko‘rib chiqilmaydi.



Download 1,69 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish