|
-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pdf ko'rish
|
bet | 105/124 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #241905 |
Bog'liq MSIYtK258-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi
ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi
Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va
muddati
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki
uni qaytarish to‘g‘risidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh
kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki
uni qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga
u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan
tartibda yuboriladi.
259-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi
ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi
Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda shakl va mazmunga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilingan holda
berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida
ko‘rib chiqish uchun tayinlanadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda
quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari;
5) sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi.
260-modda. Ishni talab qilib olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni tegishli suddan talab qilib
olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ushbu Kodeks 249-
moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud
bo‘lgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha taftish tartibida protest kiritish
masalasini hal etish uchun tegishli suddan ishni o‘z vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli.
|
| |