• 254-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxalarini yuborish
  • 255-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar
  • -modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    253-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni
    Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
    1) shikoyat (protest) yo‘llanayotgan taftish instansiyasi sudining nomi;
    2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning
    joylashgan yeri (pochta manzili yoki yashash joyi);
    3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning
    nomi;
    4) ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana;
    5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shikoyat (protest) berayotgan shaxs sud
    hujjatini qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola
    qilgan holda noto‘g‘ri deb hisoblashiga oid asoslar;
    6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
    Ishda ishtirok etmagan shaxsning taftish tartibidagi shikoyatida ustidan shikoyat
    qilinayotgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan uning qanday huquqlari, erkinliklari yoki
    qonuniy manfaatlari buzilganligi ko‘rsatilishi kerak.
    Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning
    vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
    Taftish tartibidagi shikoyat shikoyatni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan
    imzolangan bo‘lishi kerak. Protest uni keltirgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi
    kerak.
    254-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxalarini yuborish
    Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa
    shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda
    mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi
    kerak.
    255-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar
    Taftish shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
    1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
    2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu
    shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki
    topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
    3) taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning shikoyatni
    imzolashga bo‘lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
    Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protest va unga ilova
    qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini
    yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
    Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi yoxud
    apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan berilgan
    taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat
    (protest) va uni sudga taqdim etish chog‘ida unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi
    kerak.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy
    sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul
    qilishni rad etish haqidagi yoki qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
    sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga berilgan taftish tartibidagi shikoyatga
    (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoxud qaytarilgan shikoyat (protest) hamda uni sudga taqdim
    etish chog‘ida unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish