Birinchi instansiya sudining apellatsiya instansiyasida ko‘rilmagan ajrimlari,
qarorlari ustidan
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
mumkin.
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda
belgilangan qoidalar
bo‘yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan
berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda
tutilgan tartibda kassatsiya
instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi,
qarori ustidan berilgan
shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagilarga haqli:
1) ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani
mazmunan hal qilishga;
3) arizani (shikoyatni)
qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish,
ish yuritishni
to‘xtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrimni
bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga ko‘rib chiqish uchun
yuborishga;
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni ko‘rib chiqish uchun taalluqliligiga ko‘ra
boshqa sudga yuborishga.
248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest
keltirish)
Kassatsiya instansiyasi sudining ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
nazarda tutilgan ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
28-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish