2) ishning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor
qilinmagan biror-bir
ishda ishtirok etuvchi shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
3) sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari
to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa,
sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa
sudyalar tomonidan imzolanganligi;
5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;
6) bildirilgan talab bo‘yicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;
7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar
o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa,
bekor qiladi.