-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

238-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi
hollarda tugatadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat
qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yo‘l qo‘yilib, ish
yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u
kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga
ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya
shikoyati ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan va voz kechish kassatsiya instansiyasi
sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa;
5) protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish
to‘g‘risidagi ariza kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan bo‘lsa;
6) ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul
qilinguniga qadar tugatilgan bo‘lsa;


7) ishda taraf bo‘lgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul
qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv
qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi
talablar arz qilingan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu
talablarga taalluqli qismi bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi,
uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish
shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni
shu asoslar bo‘yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.

Download 1,69 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish