• 240-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish
  • 241-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish doirasi
  • -modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    239-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
    Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan o‘ziga xos
    xususiyatlar hisobga olingan holda, birinchi instansiya sudida ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘radi.
    Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; talabning
    predmetini yoki asosini o‘zgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi
    qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan
    boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi, bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari
    bo‘yicha ko‘rish holi mustasno.
    Sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya
    shikoyati (protesti) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya
    instansiyasi sudining sud majlisiga kelmaganligi ishni ular yo‘qligida ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
    240-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish
    Kassatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga
    qadar undan voz kechishga haqli.
    Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining 
    uchinchi qismida 
    nazarda
    tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
    Kassatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni ko‘rish yakuni
    bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
    Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli kassatsiya
    shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilganligi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar
    tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, boshqa shaxslarning kassatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish uchun
    to‘sqinlik qilmaydi.
    241-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish doirasi
    Sud ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining
    qonuniyligi va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi
    mumkin.
    Kassatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq hajmda
    tekshirishi shart.
    Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar kassatsiya
    instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish