-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega
bo‘lmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari
ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning
228-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga)
ushbu Kodeks 230-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan
bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
4) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjat kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash
muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda
iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va
o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
6) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida kassatsiya
shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza
kelib tushgan bo‘lsa;
7) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini
(protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog‘ida to‘langan davlat
bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi
shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga
yuboriladi.


Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati
(protesti) berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda,
kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar
bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan
murojaat qilishga haqli.

Download 1,69 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish