• 228-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni
  • 229-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxalarini yuborish
  • -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    227-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
    Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga
    kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
    O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest)
    berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan,
    basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch
    oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa,
    tiklanishi mumkin.
    Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash yoki uni
    tiklashni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
    228-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni
    Kassatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyat (protest) bergan shaxs
    yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
    Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
    1) kassatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi;
    2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
    3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi;
    4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talab predmeti;
    5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa
    qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini
    noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;


    6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
    Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari,
    elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
    229-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxalarini yuborish
    Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
    kassatsiya shikoyatining (protestining) va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud bo‘lmagan
    hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish