• 251-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi
  • 252-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati
  • -modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko‘ruvchi sudlar




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/124
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #241905
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124
    Bog'liq
    MSIYtK

    250-modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko‘ruvchi sudlar
    Taftish tartibidagi shikoyat (protest):
    ushbu Kodeks 249-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan
    berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy
    sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
    ushbu Kodeks 249-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan
    berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati
    tomonidan ko‘riladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeks 249-
    moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan kiritilgan protesti O‘zbekiston
    Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ko‘riladi.
    251-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi
    Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘radigan Qoraqalpog‘iston
    Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston
    Respublikasi Harbiy sudi nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
    Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh
    kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko‘radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.
    Mazkur Kodeks 249-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan sud hujjatlari
    ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
    252-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati
    Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori
    qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida beriladi.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy
    sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati
    kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar o‘tgan taqdirda, taftish
    tartibidagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch
    oy ichida berilishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish
    tartibida shikoyat (protest) berish muddati ishni taftish tartibida ko‘rish yakunlari bo‘yicha
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari,
    O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi qaror qabul qilguniga qadar o‘tgan bo‘lsa, shikoyat (protest)
    ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilingan
    kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
    raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi va
    uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran uch oy
    ichida, lekin ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
    Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oydan
    kechiktirmay keltirilishi mumkin.
    Taftish tartibida shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest)
    bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma taftish tartibida shikoyat (protest)
    berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va shikoyat (protest) berish
    muddatining o‘tkazib yuborilishi sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi
    mumkin.


    Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan taftish
    tartibidagi shikoyat (protest) ko‘rib chiqilmaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko‘ruvchi sudlar

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish