|
I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar Pdf ko'rish
|
bet | 109/124 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #241905 |
Bog'liq MSIYtKto‘xtatib turish
Ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
iltimosnomasiga ko‘ra, sud hujjatining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar
to‘xtatib turishga haqli.
Sudya taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda
sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turish rad etilishi haqida
ko‘rsatadi.
266-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar
ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida belgilangan tartibda
xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan
mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ish taftish tartibida ko‘rilganda ishda
ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu
Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
xabarnoma yuboriladi. Biroq ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor
qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
266 -modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish
Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning
imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoki mansab mavqeyi yoki
familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi
aniqlansa, ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldiradi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan
holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga
yangidan berilishi mumkin.
|
| |