-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/124
Sana18.05.2024
Hajmi1,69 Mb.
#241905
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124
Bog'liq
MSIYtK

257-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda
qaytaradi, agar:
1) shikoyat (protest) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs
tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan
shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 253-moddasida
belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 255-moddasining
uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
3) shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish,
bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud
bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
4) shikoyat (protest) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib
yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
5) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida shikoyat
(protest) ish yuritishga qabul qilinganligi haqida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan
bo‘lsa;
6) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 251-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan
taqdirda hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab o‘tilgan holda yuborilgan bo‘lsa.


Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda shikoyatni (protestni)
qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, taftish tartibidagi shikoyatni berish chog‘ida to‘langan davlat bojini
qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi
shikoyat (protest) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga
yuboriladi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda,
shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar
bartaraf etilganidan keyin taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda
yangidan murojaat qilishga haqli.

Download 1,69 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124




Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish

Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish