Suzib borib qutqarish usullari
Cho‘kayotgan kishiga qanday yordam berish mumkin?
Cho‘kayotgan odamlarga yordam ko'rsatish maqsadida ustalik bilan
172
amalga oshirilgan zamonaviy chora-tadbirlar tufayli juda ko‘p
insonlar hayotini saqlab qolishga erishildi. Buning uchun shunday
hollarda nima qilish kerakligini yaxshi bilish zarur, chunki qutqaruv
ishlari, odatda, xavf-xatar bilan bog‘liq. “Cho‘kayotganlami
qutqarish uchun” medalining ta’sis etilganligi bejiz emas.
Ikki holat boMishi mumkin: birinchisida, odam hali suv
yuzasida u bilan kurashishda davom etadi yoxud vaqti-vaqti bilan
suv ostidan ko‘rinib qoladi; ikkinchisida, odamni suvdan hushsiz
chiqamib oladilar.
Agar odam hali suv yuzida qalqib turgan bo‘lsa-yu, yaqin at-
rofda qayiq yoki qutqaruv vositalari (chambarlar, sharlar) mavjud
bo4 Isa, tezda uning yoniga qayiqda suzib kelish yoxud unga
qutqaruv chambarini tashlash zarur. Agar bular bo‘lmasa, cho‘ka-
yotgan kishiga suzib borib yordam ko‘rsatish lozim. Unga ikki
kishilashib ko‘maklashgan ma’qul - ular bir-birlarini qo‘llab-
quvvatlaydilar. Agar qirg‘oqda qalin taxta, g‘o‘la yoki xoda ko‘rinib
qolsa, ularni ham olvolish va cho'kayotgan odamga uzatish kerak.
Shunda u bilan qirg‘oqqa suzib kelish osonroq bo‘ladi. Bunday
hollarda tez harakatlanish, har xil sharoitlarda bajariladigan ishlar
izchilligini aniq ko‘z oldiga keltira bilish zarur.
Cho‘kayotgan kishini o‘z vaqtida sezib qolish juda muhim.
Uning ahvoli jiddiy ekanligiga shubha qilib o‘tirmaslik kerak. Har
qanday holatda ham qat’iyat bilan, boshqalardan yordam kutmay
harakat qilish zarur.
Qutqaruvchining birinchi vazifasi - cho‘kayotganga imkon
qadar tez yordamga kelish. Bu vazifani bajarish chog‘ida odam
suzgandan ko‘ra tezroq yugurishini, kiyimlar suzishga halal
berishini nazarda tutish kerak. Shuning uchun dastlab, qirg'oq
bo‘ylab cho‘kayotgan kishiga eng yaqin masofaga yugurib borish,
hech bo‘lmaganda poyabzal va ustki kiyimlami yechib qo‘yish
lozim. Shundan so‘ng suvga tushib (sakrab), cho'kayotgan kishining
oldiga qarab suziladi. Notanish suv havzasiga ehtiyot bo‘lib tushgan
ma’qul. Tez, lekin kuch-quvvatni tejab suzish kerak. Bunda
cho‘kayotgan kishini ko‘zdan qochirmaslik, uni oqim yoki toMqinlar
surib ketishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Agar suv sovuq bo‘lsa, ichki kiyimlami yechmaslik kerak: ular
tez sovib ketishdan saqlaydi.
173
C h o ‘kayotgan kishining yaqiniga suzib kelgach, k o ‘riladigan
tadbirlar uning qayerdaligiga bogMiq b o ‘ladi: havza tubiga tushib
ketdimi yoki hali suv yuzasidami. Birinchi holatda uning ortidan
suvga sho‘n g ‘ish kerak (31-rasm).
31-rcism.
Agar uni darhol topa olm asangiz,
rejali qidiruv
olib boring,
y a’ni havza tubi bo‘ylab bir necha bor sho‘ng‘ing hamda cho‘kish
joyini sinchiklab ko ‘rib chiqing. A gar cho‘kkan kishi havza tubida
yuzini yuqoriga qilib yotgan b o ‘lsa, unga bosh tom onidan yaqin-
lashib, qo‘ltiqlaridan olish va havza tubidan tezkorlik bilan itarilib,
suv yuzasiga suzib chiqish darkor. Agar u yuzini pastga qilib yotgan
bo‘lsa, oyoqlari tom onidan yaqin kelish va q o ‘itiqlaridan olib. suzib
chiqish zarur. C ho‘kkan kishini q o ‘li yoki sochidan ushlab olib ham
suv yuzasiga suzib chiqish mumkin.
A gar cho‘kayotgan kishi suv yuzasida boMsa, uni uzoqdanoq
tinchlantirish, agar buning iloji b o ‘lmasa, yaxshisi orqasidan suzib
kelish kerak, shunda uning tirm ashib olishidan qutulish mumkin, bu
esa ba’zan juda qiyin kechadi.
Agar cho'kayotgan kishining tirm ashib olishidan qutulishga
erisha olmagan b o ‘lsangiz, tegishli usullardan birini q o ‘llang (1-
jadval). Masalan, chuqur nafas olib, suv ostiga tushing. Shunda
cho‘kayotgan suv yuzasida qolishga intilib, qutqaruvchini qo‘yib
yuboradi. Barcha hollarda ham cho‘kayotgan kishiga orqa tom ondan
suzib yaqinlashib yoki sho‘ng‘ib, uni bo'ksasidan ushlab orqasiga
o ‘girib olishingiz kerak (32-rasm).
174
|