Agar uning oyog‘i ostidagi muz sina boshlasa,
astagina yotib, q o i
va oyoqlarni kerish va shoshmasdan xavfli joydan nari ketish kerak.
Muz teshigidan suvga tushib ketsangiz, qo‘l-oyoqlami
shapillatmay, muz chetiga ko‘kragingiz bilan tayanib, qo‘llarin-
gizni oldinga uzating-da, qalin muz ustiga chiqishga harakat qiling.
Muz ostiga yiqilib tushgan odamga yordam ko‘rsatish juda
qiyin, chunki unga yaqinlashish muammo tug‘diradi.
Buning uchun
chana oyog‘iga o‘xshash moslamali qayiqlar, suzuvchi chanalar,
qutqaruv narvonlari, taxtalar, fanera boMaklari va h.k. dan
foydalaniladi. Bu vositalarni qutqaruvchi
itarib borib yoki ularda
harakatlanib, cho'kayotgan kishining yoniga yaqinlashadi. Agar
muz ostiga yiqilgan odamga yaqinlashishning imkoni bo‘lmasa,
unga arqon tashlanadi. Agar odam muz ostiga ketib qolgan bo‘lsa,
uning ketidan suvga sho‘ng‘ish kerak, ammo bundan oldin albatta
belga arqonning bir uchini bog1 lash, ikkinchi uchini esa boshqa
qutqaruvchiga berish zarur. Agar cho‘kayotgan kishi chuqurga
tushib ketmagan bo‘lsa, qutqaruv changagidan foydalanish mumkin.
Muz ostiga yiqilgan kishiga yordam berayotganda,
muz ustida
biror yassi garsa: narvon, xoda, taxtaga tayanib, emaklab yurgan
holda uning oldiga yaqinlashish lozim. Unga xavfsiz masofada
yaqin kelgach,
qutqaruvchi narvon, belbog1, changak, arqon yoki
shunga
o‘xshash
biror
moslamani
uzatadi.
Ayni
paytda
cho‘kayotgan kishini tinchlantirib, uzatilgan buyumdan qanday
foydalanish kerakligini tushuntiradi.
Qo‘l ostidagi qutqaruv vositalari
sifatida turli suzuvchi
narsalar: taxtalar, g‘o‘lalar, qamish bog‘lari yoki havoga to‘ldirish
mumkin bo‘lgan buyumlar xizmat qilishi mumkin (kiyimlar, bo‘sh
bochka yoki kanistrlar, avtomobil kameralari, koptoklar, to‘shaklar).
Shuningdek, shox-shabba, qarmoq, xodalar, eshkak, chang‘i, arqon,
sim, kamar, sharf kabi narsalami ham qo‘llasa bo‘ladi.
Botqoqda botib qolgan kishiga
ham xuddi shu tariqa yordam
ko‘rsatiladi.