• Kurs ishining vazifasi
  • Kurs ishining predmeti
  • I BOB DELPHI DASTURLASH TILINING OPERATORLARI 1.1. Dasturlash tilining elementlari
  • Ii. Bob delphi operatorlariga doir misollar




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana22.05.2023
    Hajmi0.67 Mb.
    #63217
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Delphi dasturlash tilining operatorlari va ularga doir misollar tayyor
    Doc16, Ajralishlar, dasturlash maruza, ота-она шартномаси 2022 лотинда, Unti.FR11, o-zbekistonda-ijtimoiy-sohani-rivojlantirishning-ustuvor-yo-nalishlari, 1676364459, doc8, doc7, 86, Funksiyanal analiz, filial nizomi, printer va skayner turlari, MT№3 Abdukarimova Sh dav1
    Kurs ishining maqsadi: Talabalarga Delphi dasturlash tili haqida umumiy 
    ma'lumotlar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish, ular yordamida 
    dasturi tuzishni va uni o‗qiy olishni o‗rgatish orqali talabalarni dasturlashni o'qitish 
    fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish. 
    Kurs ishining vazifasi: -bo‗lajak dasturchilarga delphi dasturlash tili 
    bo‘yicha tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‗rganish va 
    tahlil qilish; -talabalarga turli dasturlarni tasvirlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni 
    va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish; - talabalarning 
    mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirish. 
    Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta‘lim tizimida ―Informatika o‘qitish 
    metodikasi‖ bakalavriyat ta‘lim yo‗nalishi talabalariga dasturiy, amaliy ta‘lim 
    berish jarayoni. 
    Kurs 
    ishining 
    predmeti: 
    Bo‗lajak 
    dasturchilarni 
    tayyorlash 
    bo‗yicha tahsil olayotgan talabalarning delphi muhandisligi ilmini egallash 
    jarayonidagi ta‘lim mazmuni va texnologiyasi. 
    Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, besh paragraf, 
    xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat bo‗lib jami 30 sahifani 
    tashkil etadi 



    I BOB DELPHI DASTURLASH TILINING OPERATORLARI 
    1.1. Dasturlash tilining elementlari
     
    Delphi - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo‘lgan 
    vosita bo‘lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni 
    kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini engillashtiradi. Delhida dastur 
    zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob‘ektga yo‘naltirilgan 
    dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi sistemasi Turbo Pascal 
    7.0. tilining rivoji bo‘lgan ob‘ektga yo‘naltirilgan Object Pascal dasturlash tilini 
    ishlatadi. 
    Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bu tillar ichida Paskal tili 
    universal tillardan biri bo‘lib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroq 
    tildir. So‘ngi yillarda Paskal tili juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. 
    Paskal tilida programa tuzish uchun Turbo Paskal va Delfi dasturlash vositalari 
    mavjud. Bu dasturlash vositalari zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma 
    talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun hamma qulayliklar 
    yaratilgan.
    Delphi dasturlash vositaci Turbo Pascal tilining rivoji bo‘lgan Object Pascal 
    tilini ishlatadi. Hozirgi kunda bu tilga juda ko‘plab yangiliklar kiritilgan uning 
    imkoniyatlari yanada kengaytirilgan, shu sabab bu tilni Delphi tili deb ham atash 
    mumkin. ob‘ektga yo‘naltirilgan komponentalar modellari; dastur ilovalarini 
    vizual tuzish; ma‘lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita. 
    Ma‘lumki dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni 
    sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 
    50- 80%ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini 
    kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish 
    jarayonini osonlashtiradi. 



    Delphi o‘zida bir qancha zamonaviy ma‘lumotlar bazasini boshqarish 
    tizimlari dasturlash texnologiyalarini ham ma‘lumotlar bazasini yaratishda 
    ishlatadi. 
    Delphi tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega. 
    U 26 bosh lotin harflarini, 0 dan 9 gacha bo‘lgan arab raqamlarini va quyidagi 
    belgilarni ishlatadi: bo‘shliq belgisi; 4 ta arifmetik amallar + , - , * , / ; mantiqiy 
    amallarni bajarish uchun <, >, <=, >= , <>, = belgilarini ishlatadi. Bulardan 
    tashqari vergul, nuqta, ikki nuqta, kichik qavs, katta va o‘rta qavslar. Dasturda 
    izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular katta qavs ichida yoziladi. 
    Masalan. Program ad; { Bu dastur nomi } 
    Delphi — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab 
    chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi 
    tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan 
    shu nomga ega bo'lgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar 
    va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob‘yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili 
    hisoblanadi. 
    1.Dasturlashning rivojlanish bosqichlari. Ilovalar (amaliy dasturlar) yaratish 
    vositalarining rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 
    Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning 
    buyruqlari (mashina kodi) ketma-ketligi ko‗rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash 
    uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul 
    bo‗lgan. Bu ishni bir oz bo‗lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari 
    uchun qisqa nomlar kiritilgan va maxsus dastur bunday nomlarni mashina kodi 
    (mikroprotsessor buyruqlari)ga o‗girib bergan. Hosil bo‗lgan dastur kodi bevosita 
    kompyuterda bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler tilida dasturlash deb 
    atalgan. 
    Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (uchinchi avlod 
    kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda 
    dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash endi 



    kompyuterning mashina kodiga bevosita bog‗liq bo‗lmay qoldi. Dasturlash tili 
    odamlar orasidagi muloqot tiliga ko‗proq o‗xshab bora boshladi. Masalan, bu 
    tillarda agar x>0 bo‗lsa, u holda y=ln(x) kabi jumlalardan foydalanish mumkin 
    bo‗lgan. 
    Navbatdagi bosqichda kompyuterda yechiladigan masala bir necha kichikroq 
    va osonroq masalalarga ajratilgan. Zarurat bo‗lganda, ular ham o‗z navbatida 
    yanada kichikroq masalalarga bo‗lib chiqilgan. Bu esa bitta masala bo‗yicha bir 
    nechta, ba‘zan o‗nlab dasturchilar birgalikda shug‗ullanishlariga imkon berdi. 
    Yaratilayotgan dasturiy vositalarning, ya‘ni ilovalarning sifati yanada oshdi, 
    dasturlar yanada murakkablashdi, dasturlar ko‗proq imkoniyatlarga ega bo‗ldi. 
    Bunday dasturlash tuzilmaviy dasturlash deb atalgan. Biz bilgan dasturlash tili 
    Turbo Pascal shunday tillar jumlasiga kiradi. Masalani kichikroq masalalarga 
    ajratish hamda dasturlash protseduralar va funksiyalar yordamida amalga 
    oshirilgan. 
    Dasturlashning navbatdagi bosqichi obyektlarga yondashgan dasturlash 
    deb ataladi. Bu birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlarning keng tarqalishi va 
    ularda ishlashni yanada oson va qulay qilish maqsadida yaratilgan grafik 
    operatsion tizimlar (ularga hozirgi paytda keng tarqalgan Windows ham kiradi) 
    bilan bog‗liq. 
    Biz bilamizki, axborotni qayta ishlash usulini ma‘lum bo‗lgan ma‘lumot deb 
    atash mumkin. Har qanday axborotni obyekt deb qarashimiz mumkin. Turbo 
    Pascalda ma‘lumotlar o‗zgaruvchi va o‗zgarmaslarga bo‗linadi. Ularni qayta 
    ishlash usullari (qayta ishlash algoritmlari) alohida protseduralar va funksiyalar 
    ko‗rinishida bo‗ladi. 
    Obyektlarga mo‗ljallangan dasturlashda avvallari birlashtirish mumkin 
    bo‗lmagan bu ikki unsurni birlashtirish imkoni paydo bo‗ldi. Ular orasidagi farq 
    yo‗qola boshladi. Natijada axborot bilan ishlash yanada qulay va yanada osonroq 
    bo‗lib qoldi. Bu esa bitta dastur ustida o‗nlab, yuzlab va hatto minglab dasturchilar 



    birgalikda ishlashlariga imkon berdi. Yaratilgan amaliy dasturiy vositalarning 
    imkoniyatlari keskin oshib ketdi. 
    Yaratilayotgan dasturiy vositaning o‗zini ham axborot deb qarash mumkin. 
    Demak, dastur kodini yaratishda ham obyektlardan foydalanish mumkin. Masalan, 
    har bir dasturning o‗z oynasi bo‗ladi. Dastur oynasining bo‗yi va eni kabi xossalari 
    (oyna obyekti xossalari) bor, oynani yaratish, yopish, joyini va o‗lchovlarini 
    o‗zgartirish kabi qayta ishlash usullari (oyna obyekti usullari) yordamida dastur 
    oynasi bilan ishlashni osonlashtirish mumkin. Agar oyna degan obyekt yaratilgan 
    bo‗lsa, dastur oynasi bilan ishlash bu obyektning xossalarini kerakli tarzda 
    o‗rnatish va obyekt usullaridan kerakli joyda foydalanish ko‗rinishida juda oson 
    kechadi. Natijada dasturlash yanada osonlashdi, yaratilayotgan dasturlarning sifati 
    yanada oshdi. 
    Endi ilova yaratish uchun boshqalar tomonidan yaratilgan tayyor obyektlarni 
    dasturga kiritish va ularning xossalarini kerak bo‗lgandek qilib o‗rnatish yetarli 
    bo‗lib qoldi. Bunday dasturlash vizual dasturlash deb ataladi 
    Zamonaviy dasturlash muhitlari. Bugungi kunda keng tarqalgan dasturlash 
    muhitlarida asosan uchta dasturlash tili: Si, BASIC, Pascal dan keng foydalaniladi. 
    Professional va tajribali havaskor dasturchilar asosan C (Si) va uning keyingi 
    variantlari C++ va C# dan foydalanishsa, faqat o‗zlarining masalalarini yechish 
    uchun dasturlashda foydalanadiganlarning ko‗pchiligi Pascal dan foydalanishadi. 
    BASIC (to‗g‗risi, Visual BASIC) Microsoft kompaniyasi mahsulotlari ofis 
    ilovalari va boshqa kompaniyalarning bir qator mahsulotlari, grafik muharrirlarda 
    ishlarni avtomatlashtirish uchun qo‗llaniladi. 
    Kuchli raqobat va foydalanuvchilarni jalb qilish maqsadida hozirgi paytda 
    ommaviy dasturlash muhitlari bir paytda bir nechta dasturlash tillaridan 
    foydalanish 
    imkonini beradi. Shuningdek, so‗nggi paytda yaratilayotgan dasturlash tillarining 
    ko‗pchiligi yuqoridagi tillardan biridan foydalanayotganlar uchun mo‗ljallab 



    yaratilgan. Masalan, keng tarqalgan veb dasturlash tillari Java, Java Script, ASP, 
    PHP, Python lar C++ va C# ga, keng tarqalgan kompyuter matematikasi paketlari 
    MatLab, MathCAD, Maplelarning dasturlash tillari Pascalga, MacroMedia Flash 
    nomli animatsion grafika yaratish ilovasining dasturlash tili Action Script esa 
    Visual BASICga o‗xshab ketadi. 
    Delphi 
    (o‗qilishi 
    Delfi) 
    qadimgi 
    dunyoda 
    mashhur 
    bo‗lgan avliyo yashagan ibodatxona joylashgan grek shaharchasining nomi bo‗lib, 
    u avliyo kabi bu dasturlash muhiti ham ko‗pchilik orasida juda mashhur bo‗lib 
    ketgan. 
    Uning qariyib chorak asr mobaynida 25 ta varianti yaratilgan bo‗lib, ular 
    quyidagi uchta guruhga ajratiladi: 
    Delphi 1 – Delphi 8 (1995-2003 yillar) 
    Delphi 2005 – Delphi 2010 (2005-2009 yillar) 
    Delphi XE 1 – Delphi XE 10 (2010-2017 yillar) 
    Ularning barchasida asosiy (ba‘zan yagona) dasturlash tili Object Pascal 
    bo‗lsada, ko‗pchiligida C++, Assembler da, oxirgi variantlarida Java da, ba‘zi 
    versiyalarida hatto PHPda ham dastur yozish mumkin. Oxirgi versiyalari Windows 
    ilovalari bilan birga Android va IOS ilovalarini ham yaratish imkonini beradi. 

    Download 0.67 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii. Bob delphi operatorlariga doir misollar

    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish