35
ahvolini tahlil qilish, maktabgacha yoshdagi bolalarda «jamoa»
tushunchasini
shakllantirishda ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni va roliga baho berish,
shuningdek, tajriba-sinov ishlarining natijalarini umumlashtirish, qayta tahlil etish
quyidagi xulosalarga kelishga imkon berdi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda «jamoa» tushunchasi yetarli darajada
shakllanmaganligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
1. Mustaqillikka qadar garchi fuqarolik tarbiyasini
tashkil etishga bir qadar
ahamiyat berilgan bo‘lsa-da, biroq, aholining «jamoa» va «shaxsiy manfaat»
tushunchalariga ega bo‘lishi totalitar tuzum uchun jiddiy xavf sifatida baholanganligi
sababli shaxsda «jamoa» va «shaxsiy manfaat» tushunchalarini shakllantirish masalasi
pedagogik muammo sifatida o‘rganilmadi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda «jamoa» va «shaxsiy manfaat»
tushunchalarini shakllantirishga oid manbalarning mavjud emasligi bu yo‘nalishda
tarbiyani samarali tashkil etishga imkon bermadi;
3. Mustaqillik yillarida esa maktabgacha ta’lim tashkilotsi
faoliyatining
yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini inobatga olgan holda maktabgacha yoshdagi «jamoa»
va «shaxsiy manfaat» tushunchalarini shakllantirish yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yildi,
lekin mavjud tajriba bu borada yuqori natijalarga erishishni hozircha kafolatlay olmaydi.
Tadqiqotni olib borish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda «jamoa»
tushunchalarini shakllantirishda ta’lim-tarbiya, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlarning o‘rni va roli beqiyos ekanligiga ishonch hosil bo‘ldi.
Ularning har
tomonlama puxta asoslangan reja yoki loyiha asosida olib borilishi, maqsadnining aniq
belgilanishi, bolalarning faolligiga alohida e’tiborning qaratilishi, ta’lim va tarbiya
ishlarining tarbiyachi hamda bolalar hamkorligi asosida tashkil etilishi maktabgacha
yoshdagi bolalarda «jamoa» va «shaxsiy manfaat» tushunchalarini
muvaffaqiyatli
shakllantirishga zamin yaratdi.
5.
Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirishda tarixiy meros,
milliy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari, oila, mahalla, ta’lim tashkilotlari,
shuningdek, ijtimoiy tashkilotlarning imkoniyatlari, ommaviy
axborot vositalarining
36
roli kabi vositalar ham maktabgacha yoshdagi bolalarda «jamoa» va «shaxsiy manfaat»
tushunchalarini shakllantirishga yordam berdi.
6. Pedagogik yo‘nalishda amalga oshiriluvchi tadqiqotlarning samaradorligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega shartlardan biri – bu maxsus metodikani ishlab
chiqish sanaladi. Shu sababli tadqiqot davomida maktabgacha yoshdagi bolalarda
«jamoa» va «shaxsiy manfaat» tushunchalarini shakllantirishga oid maxsus metodikani
ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
7
. Tajriba-sinov ishlarining maxsus metodika asosida
tashkil etilishi ularning
samaradorligini ta’minlabgina qolmay, shu bilan birga tadqiqotning muvaffaqiyatli
kechishiga ham zamin yaratdi. Olingan natijalar maxsus metodikaga muvofiq amalga
oshirilgan tajriba-sinov ishlarini samarali yakunlanganlini tasdiqladi.