II.2. MTT tarbiyalanuvchilarida jamoa tuyg‘ularini singdirish usullari




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana10.06.2024
Hajmi0,93 Mb.
#262214
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
2-МТМ

II.2. MTT tarbiyalanuvchilarida jamoa tuyg‘ularini singdirish usullari. 
 
Maktabgacha tarbiya yoshining o‘ziga xos tomoni shundaki, bu yoshda bolalar 
jamoa va shaxsiy manfaat tushuncha yoki xulqni so‘z bilan aniq ta’riflab berolmaydilar. 
Lekin maktabgacha ta`lim tashkilotidagi to‘g‘ri talqin voqealarning umumiy ma’nosini 
anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq namunalarini 
ko‘rsalar o‘zlari ham ularga o‘xshashga harakat qiladilar. Axloqiy tarbiyaning g‘oyaviy 
asosi uning maqsadi vazifasi va tamoyillarini belgilaydi, ruhiy pedagogik asosi esa 
maktabgacha ta`lim tashkilotida jamoa va shaxsiy manfaat tarbiya berishning vazifasi 
va mazmuni vositalari va metodini hamda pedagogik shart-sharoitini belgilab beradi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jamoa va shaxsiy manfaat jihatdan tarbiyalash 
vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, jamoa va shaxsiy 
manfaat hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni

Bu tarzdagi umumiy vazifalar yosh guruhlari bo‘yicha 
aniqlashtiriladi va o‘quv-tarbiya jarayonining mazmunida o‘z aksini 
topadi. Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilar:

g‘oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi;

ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan qolda yondashish;

jamoa va shaxsiy manfaat tarbiya ishini hayot va zamon bilan hamnafaslikda olib 
borish;

bolalarning faolligi;

jamoada tarbiyalash;

tarbiyaviy ishning tizimlari va izchilligi;

ta’sirchanligi;

oila, bog‘cha hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi;

boladagi ijobiy sharoitlarga suyanish;


26 

bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlrida jamoa va shaxsiy manfaat tarbiya berish har 
xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Avvalo, bolalarni har xil faoliyatlar vositasida 
kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari 
vaqtlarda ta’lim berish, kun davomidagi maishiy, mustaqil, badiiy faoliyatda, ko‘ngil 
ochishlarda qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi. Har xil bayramlar. San’at vositalari, 
ijtimoiy hayot voqealari, bolalar badiiy adabiyoti, musiqa, ashula, gasviriy va amaliy 
san’at, o‘yinchoq va o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, oynai jahon va 
radio, kino va multfilmlar, diafilmlar va boshqalar bolalarning jamoa va shaxsiy manfaat 
tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday vositalardan ma’lum bir izchillik va tizimlilik 
bilan foydalanilgandagina bolalarning jamoa va shaxsiy manfaat tarbiyasiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatish mumkin. Yuqoridagi aytilganlardan xulosa shuki, axloq odob o‘zbek millati 
hayotining mazmuni hisoblanadi. Qayerda, qaysi jamiyatda, qaysi davlatda yaxshi xulq 
qaror topsa, o‘sha jamiyatdagi kishilarning hayoti farovon, turmushi tinch, odamlari 
boy-badavlat bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga jamoa va shaxsiy manfaat tarbiya 
berishda har xil metod va usullardan foydalaniladi. Axloqiy tarbiya metodlari — 
bolalarning jamoa va shaxsiy manfaat tasavvur va bilimlarini egallab olishi, ularda 
madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning jamoa va shaxsiy manfaat his-
tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya 
metodlari quyidagi guruhga bo‘linadi.

Download 0,93 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.2. MTT tarbiyalanuvchilarida jamoa tuyg‘ularini singdirish usullari

Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish