17
xalqni adolatli, ongli, bilimli bo‘lishga, jaholatdan yiroq turishga da’vat etadi,
uning
fikiricha, adolat sharaf ko‘rki, osoyishtali, xushnutlikdir.
U yoshlarni kamtarlik bilan
muloqotda bo‘lishga, ularni hurmat qilib e’zozlashga chorlaydi.
Munis Xorazmiy
ning asarlariga bayon etilgan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar faqat u
yashagan davr uchun emas, balki hozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Mohlar oyim Nodira
ning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg‘u
emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning
roli haqidagi fikrlari ham
namoyondir.
Nodira
ning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari-adolat,
insof, xalq manfaati muhim o‘rinni egallaydi.
Nodira
hayotning tub mohiyatini
yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi.
Uning fikricha, kimki tiriklik
chog‘ida yaxshilik bunyod etgan bo‘ladi, o‘zining bu ezgu ishlari bilan o‘zidan keyin
hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman,
Nodira
o‘z she’rlarida
barkamol insonni
ulug‘laydi.
Ta’lim-tarbiyaga
oid
ko‘p
foydali
o‘gitlarni
bayon
etdi.