• Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino
  • Yusuf Xos Hojib
  • Mirzo Ulug‘bek
  • Alisher Navoiy
  • Ii bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning amaliy shart-sharoitlari




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/23
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #262214
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
    Bog'liq
    2-МТМ

    Har kimki ilm xikmatni o‘rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘ – 
    salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq va odobi bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, 
    yomon ishlardan saqlangan bo‘lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq 
    bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini 
    ayamasin, barcha real moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin
    ». 
    Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim-tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib 
    tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada alohida e’tibor berganligi ko‘rinib 
    turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog‘i lozim, 
    aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo‘lib yetishmaydi. 
    Ibn Sino
    bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. 
    Ibn 
    Sino
    bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy-ro‘zg‘or tutish masalalari 
    xususida ham so‘z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota-onaning asosiy maqsadi va 
    vazifasidir. O‘z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo‘lgan ota-ona tarbiyachi bo‘lishi 
    mumkin. 


    15 
    Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‘ururiga 
    tegmagan holda, yakkama-yakka suxbatga bo‘lish unga nasixat qilishdir. 
    Ibn Sino
    bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan uzviy 
    birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. 
    Yusuf Xos Hojib
    ning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol 
    topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. 
    U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga 
    e’tibor berishni ta’kidlaydi. 
    Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning 
    noo‘rin xatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi. 
    Mirzo Ulug‘bek
    ning oila muhiti sog‘lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari 
    shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, xavasini 
    oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rinni egallaydi. Oilada ota- onalar 
    ayniqsa o‘qimishli ota-onalar o‘z farzandlarining haqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga 
    alohida e’tibor berishlari lozim. 
    Alisher Navoiy
    bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va 
    qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi 
    bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq 
    zarur. Tarbiya insonga o‘zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U 
    odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir-birlariga bo‘lgan ruhiy 
    ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan 
    biri tarbiya ekanligi o‘qtiradi.

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning amaliy shart-sharoitlari

    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish