• 1. Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.
  • 2. Umumiy birgalikdagi faoliyat.
  • 3. Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi.
  • Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/23
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #262214
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    2-МТМ

    Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash
    - tarbiya tizimida muhim 
    ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning 
    etakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish 
    davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida 
    shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini 
    ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir 
    qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada 
    uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. 
    1. Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.
    Jamoaning 
    maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan 
    qo‘llab-quvvatlanishi, Davlat konstitutsisi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga 
    qarama-qarshi bo‘lmasligi zarur. 
    2. Umumiy birgalikdagi faoliyat.
    Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez 
    erishish uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi 
    birgalikdagi faoliyatda faol ishtirok etishi zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi 
    kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaxsiy 
    javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi.
    3. Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi.
    Jamoa a’zolar 
    orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g‘am-
    qayg‘ularining aloqador birligi aks etuvchi maxsus munosabatlar yuzaga keladi. 
    4. 
    Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. 
    Jamoada demokratik 
    munosabatlar o‘rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro‘li a’zolarini 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi. 
    Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o‘ziga xos-liklari 
    bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o‘ziga xoslik, psixologik 
    iqlim, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko‘rinadi. 



    Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in - bu muayyan sinflar negizida 
    shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga 
    oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo 
    aloqa va munosabatlar tarkib topadi. SHuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab 
    jamoasi shakllanadi. 
    Yuqoridagi jamoaning o‘ziga xos belgilaridan kelib chiqib, shunday xulosa 
    chiqarish mumkin. 

    Download 0,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish