• Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari.
  • Bolalar jamoasi rivojlanishning birinchi bosqichi
  • Ii bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning amaliy shart-sharoitlari




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/23
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #262214
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    2-МТМ

    O‘quvchilar jamoasi
    – bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona 
    maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab 
    qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib 
    turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy 
    aloqadorlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhidir. 
     Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari. 
    Jamoani shakllantirish 
    muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. 
    Jamoaning vujudga kelish uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish 
    bosqichlarida dastlab o‘qituvchi butun guruhga talab qo‘yadi hamda mazkur jarayonda 
    jamoa faollarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda 
    muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a’zolari oldiga ma’lum 
    talablarni qo‘yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har 
    a’zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So‘nggi (to‘rtinchi) 
    bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o‘z oldiga mustaqil ravishda jamoa 
    manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo‘yish layoqatiga ega bo‘ladi. 
    Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, chunki 
    jamoaning bosqichlari chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay, pedagogik 
    nuqtai nazardan jamoaning shakllanish bosqichlariga ajratish juda muhimdir. 
    Bolalar 
    jamoasi rivojlanishning birinchi bosqichi
    . Mazkur bosqichda talab faqat pedagoglar 
    tomonidan qoʻyiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlangʻich nuqtasidir. Ushbu 
    davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa boʻlmay, balki tashkil etuvchi birlik (sinf, 
    guruh)dir. Tarbiyalanuvchilar talablarning qoʻyilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa 
    a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) 
    maqsad 
    atrofida 
    birlashtirishga 
    erishish 
    orqali 
    jamoa 
    qaror 
    topadi. 



    Tarbiyalanuvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta-sekin boyib 
    boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinadigan ishlarni 
    rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat birligi, shuningdek
    ishchanlik munosabatining paydo boʻlishiga tarbiyalanuvchilardan jamoa faoliyatiga 
    nisbatan qiziqishning paydo boʻlishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini 
    tashkil etish borasidagi tajribalarga ega emasliklari bois, mazkur bosqichda 
    pedagogning asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat 
    boʻladi. 
    Ushbu bosqichda pedagogning talabchanligi qat’iyligi, izchilligi, murosasizligi 
    va jamoaning barcha a’zolariga talabni birday qoʻya olishi hal qiluvchi omil 
    hisoblanadi. Bu vaziyatda oʻqituvchining «hukmdorlik» davri uzoq davom etishi 
    mumkin emasligini, aks holda bir qarashdan intizomning vujudga kelganligi ma’lum 
    boʻlsada, guruh a’zolarining faolliklarini rivojlantirish uchun sharoitning mavjud 
    emasligini hisobga olish zarur. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa 
    faollarining paydo boʻlishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) 
    muayyan guruhning shunday a’zolaridandirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda 
    harakat qiladilar va pedagog faoliyati va talablariga nisbatan hayrixohlik bilan 
    munosabatda boʻladilar. Faollar pedagogning yaqin yordamchilari sifatida ish olib 
    boradilar. 

    Download 0,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning amaliy shart-sharoitlari

    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish