Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana10.06.2024
Hajmi0,93 Mb.
#262214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
2-МТМ

Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi
jamoa faoliyatida anchagina 
sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashicha, bu davrda butun jamoa 
«ayrim oʻzini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qoʻya boshlaydi. 
 
I.2. Jamoa tushunchasining mutafakkirlar asarlarida talqini etilishi. 


11 
Jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, 
qomusiy olim Farobiyning to‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ 
Tarxon. 
O‘rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O‘rta Sharq 
mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan 
bog‘liq. Farobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilgan va bu 
ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng 
tanitgani tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, “Al-muallim as-soniy” – 
“Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan. 
Farobiy 873 yilda turkiy qabilalardan bo‘lgan harbiy xizmatchi oilasida, Sirdaryo 
qirg‘og‘idagi Forob O‘tror degan joyda tug‘ilgan. U tug‘ilgan hudud Somoniylar 
tomonidan boshqarilib, arab xalifaligining shimoliy chegarasi hisoblangan. 
Farobiy boshlang‘ich ma’lumotni ona yurtida oldi. So‘ng Toshkent (Shosh), 
Buxoro, Samarqandda o‘qidi. Keyinroq o‘z ma’lumotini oshirish uchun arab 
xalifaligining madaniy markazi bo‘lgan Bag‘dodga keldi. Bag‘dodda bu davrda 
musulmon dunyosining turli o‘lkalaridan, xususan, Markaziy Osiyodan kelgan ko‘p ilm 
ahllari to‘planishgan edi. U yerga bora turib Farobiy Eron shaharlari Isfahon, Hamadon, 
Ray va boshqa joylarda bo‘ldi. 
Farobiy Bag‘dodda o‘rta asr fani va tilining turli sohalari, yunon falsafiy maktablari 
bilan chuqur tanishib, o‘zga diniy e’tiqod, falsafiy fikrdagi kishilar bilan ilmiy 
muloqotda bo‘ldi. Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870–940) yunon tili va falsafasini, 
Yuhanna ibn Xiylon (860– 920)dan tabobat va mantiq ilmini o‘rgandi. Ayrim 
ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan. 
Taxminan 941 yildan boshlab Farobiy Damashqda yashagan. Shahar chekkasidagi 
bog‘da qorovul bo‘lib, kamtarona kun kechirib, ilm bilan shug‘ullangan. So‘nggi yillar 
u Halab (Aleppo) hokimi Sayfuddavla Hamdamid (943–967) iltifotiga sazovor bo‘ldi. 
Tadqiqotchilar uning Halabdagi hayotini eng samarali davr hisoblaydilar. Chunki bu 
hokim hurfikrliligi, ilm-fanga e’tibor berganligi bilan ajralib turgan. U Farobiyni 
saroyga taklif etadi, lekin Farobiy bunga ko‘nmaydi, oddiy hayot kechirishni afzal 


12 
ko‘radi. Farobiy 949–950 yillarda Misrda, so‘ng Damashqda yashab, shu yerda vafot 
etgan va “Bob as-sag‘ir” qabristoniga dafn qilingan. 
Farobiy o‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha 
sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy 
mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 
1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish 
va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar; 
2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar. 
Farobiy qadimgi yunon mutafakkirlari Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, 
Porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlari (“Metafizika”, 
“Etika”, “Ritorika”, “Sofistika” va b.) ni batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera 
olgan, kamchiliklarini ko‘rsatgan, ayni vaqtda bu asarlarning umumiy mazmunini ochib 
beruvchi maxsus asarlar yaratgan. 
Farobiy sharhlari O‘rta va Yaqin Sharq ilg‘or mutafakkir–larining dunyoqarashini 
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino Farobiy sharhlari 
(“Metafizika” – “Moba’diy tabiat”)ni o‘qib, Aristotel asarlarini tushunganini alohida 
ta’kidlaydi. Farobiyning sharh yozish faoliyati faqat Sharqnigina emas, o‘rta asr 
Yevropasini ham yunon ilmi bilan tanishtirishda katta rol o‘ynadi. Mutafakkir o‘z 
asarlarini o‘sha davrda Sharq mamlakatlarida ilmiy-adabiy til hisoblangan arab tilida 
yozadi. 
Farobiy shuningdek, arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi she’rlar ham 
yozgan. Farobiy asarlari XII–XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors tillariga, 
keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga keng tarqalgan. So‘nggi asrlarda 
ko‘chirilgan nusxalari ko‘p mamlakatlarning kutubxona va tashkilotlarida saqlanadi. 
Farobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari “Ilmlarning kelib chiqishi va 
tasnifi” asarida batafsil yoritilgan. Kitobda o‘rta asrda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq 
fanning ta’rifi, ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, Farobiy tabiiy 
va ijtimoiy fanlarni vazifasidan kelib chiqib to‘g‘ri farqlagan. Uning talqinicha, 
matematika, tabiatshunoslik, metafizika fanlari inson aqlini bilimlar bilan boyitish 
uchun xizmat qilsa, grammatika, mantiq, she’riyat kabi ilmlar fanlardan to‘g‘ri 


13 
foydalanishni, bilimlarni boshqalarga to‘g‘ri tushuntirish, ya’ni aqliy tarbiya uchun 
xizmat qilgan. Siyosat, axloq, ta’lim-tarbiyaga oid bilimlar esa kishilarning jamoalarga 
birlashuvini, ijtimoiy hayotga tegishli qoidalarni o‘rgatadi. Farobiy insonning amaliy 
faoliyati uchun tabiiy fanlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi. Bunday fanlarni u real 
narsalar haqidagi ilmlar deb ataydi. 
U yunon tabiatshunoslari Evklid, Ptolemey, Galen kitoblariga yozgan sharhlarida, 
o‘zining geometriyaga doir kitobida antik dunyo, o‘rta asr matematik g‘oyalarining yirik 
bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, matematikaning bir qancha murakkab 
kategoriyalari va mavhum tushunchalarini ilmiy nuqtai nazardan hal etish yo‘llarini 
qidirdi, xususan, son haqidagi ehtimollik nazariyasi to‘g‘risidagi g‘oyalarni boyitdi. 
Farobiyning tibbiy qarashlari “Inson a’zolari haqida” risolasida bayon qilingan. U 
inson a’zolarini, turli xil kasalliklar sababini, ularning paydo bo‘lish sharoitlarini 
alohida-alohida o‘rganishni, organizmning salomatligini tiklash uchun kerakli oziq-
ovqatlarga e’tibor berishni qayd etadi. Insonning ruhiy va jismoniy holati tashqi omillar, 
muhit ta’siriga bog‘liqligiga e’tibor beradi. Uning tibbiyot vazifasi, maqsadi haqidagi 
qarashlari Ibn Sinoning bu haqdagi qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Farobiy 
dunyoqarashining shakllanishiga, asosan, Sharqning qadimgi ilg‘or madaniyati 
an’analari, arab xalifaligiga qarshi xalq harakatlari, o‘rta asr tabiiy-ilmiy tafakkur 
yutuqlari, Yunonistonning falsafiy merosi ta’sir ko‘rsatdi. 
Farobiy o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad 
va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Bu ta’limotda ijtimoiy hayotning ko‘p 
masalalari – davlatni boshqarish, ta’limtarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, urush va 
yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan. Farobiy “Fozil shahar aholisining 
maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: 
“Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka 
erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga 
kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi… Bunday 
jamoa a’zolarining faoli-yati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka 
erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari 


14 
ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi 
vujudga keldi”. 
Farobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga 
erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni o‘zaro hamkorlikka, 
xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu 
qiladi. 
Farobiy o‘z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur bo‘lgan. Sharq xalqlarida u 
haqda turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan. O‘rta asr olimlaridan Ibn Xolliqon, Ibn 
Qiftiy, Ibn Abi Usabi’ya, Bayhaqiylar o‘z asarlarida Farobiy ijodini o‘rganib, uning 
g‘oyalarini rivojlantirganlar. 
Xususan, Ibn Rushd Farobiy asarlarini o‘rganibgina qolmay, ularga sharhlar ham 
yozdi. Averroizm nomi bilan mashhur bo‘lgan uning falsafiy ta’limotining shakllanishi 
dastlab Farobiy va Ibn Sino faoliyati bilan bog‘liq. Averroizm ilmiy tendensiyalarni 
ifodalovchi ilg‘or yo‘nalish sifatida keng yoyilgan va Uyg‘onish davrining ko‘p ilg‘or 
mutafakkirlari dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatgan. 
Farobiy
bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday 
deydi: «

Download 0,93 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish