16
ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq-odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga
ko‘maklashishi ilm-fan va kasb-hunar egallashining moddiy asosi bo‘lmish oziq-ovqat,
kiyim-kechak, kerakli buyum va jihozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko‘rsatishi
kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan
biri Muslixiddin Sadi
Sheroziy Sheroz shahrida 1184-yilda tug‘ildi. Sa’diyning fikricha, oila, bolaning baxti,
kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli
tarbiyachidir. Ota o‘z bolalarini tarbiyalashi, o‘qitishi, hunarga o‘rgatishi,
jismonan
chiniqtirishi kerak.
Sa’diyning pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kam qobiliyatli bo‘lishi
mumkin. Qobiliyat o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani
tarbiyalash kerak, tarbiya bo‘lmasa, boladagi qobiliyat so‘nadi, tarbiyani 3 asosiy aqliy,
nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo‘ladi. Adib bolani
tarbiyalash vazifasini
ularning ota-onalariga, ya’ni oilaviy tarbiyaga kata e’tibor beradi.
Sa’diy
ota-onalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning
yoshligidan
boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
XIX asr o‘zbek ijtimoiy va adabiy hayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy
o‘z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdi.U ilm-
ma’rifatning xalq,
jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o‘rni,
axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini ham bayon
etadi.