I.3. MTT tarbiyalanuvchilarida jamoa tuyg‘ularini singdirishda yosh
xususiyatlarining o‘rni
Ruhiy rivojlanishdan biologik va ijtimoiy omillar bolani psixik rivojlanishida
shaxs, inson muammosi psixologiyaning markazida turgan eng qiyin muammolardan
bo‘lib hisoblanadi. Ongli inson tarbiyasini psixik rivojlantirish jarayon qonuniyatlarni
bilmasdan tarbiyalash aqlga sig‘maydi. Inson shaxsi qaysi jarayonga kattalar tomonidan
maqsadga yo‘naltiradi. Ushbu jarayonni boshqarishdagi imkoniyatlar qanday? Bu
savollarga javob izlashda odam nima bilan tug‘iladi, hayot jarayoni va faoliyatida
nimalarga erishadi. Ta’lim-tarbiya tizimini oydinlashtirish orqali amalga oshirish zarur.
Dialetik, materalistik, biologik va ijtimoiy munosabatlarni o‘zaro insondagi psixologik
ilmda dialetik, materalistik o‘rganishga ruxsat beriladi. Bunda inson “barcha jamiyat
munosabatlarida mavjud”.
Inson biologik mavjudot, shuning uchun uning psixik rivojlanishiga ta’sir qilishda
ikkita ajoyib omil ko‘rsatiladi
1. Biologik-tabiat.
2. Jamiyat tomonidan tashkillashtirilgan ta’lim va tarbiya.
18
Ushbu omillarning o‘zaro munosabati turli nazariyalar bilan ko‘rib chiqilgan.
Biologizator insondagi tabiatan berilgan hayotiy jarayonlarni hal qiluvchi omil
sifatida uning rivojlanishini belgilab berishini tan olishadi. Bu yo‘nalishda odam
tabiatdagi biologik ahamiyatini baholash, turli nazariyalarga asoslanib ochib kelinadi.
Tashqi biologik ta’sir omillari sotsialogizatorlar nuqtai-nazarida ahamiyatsizdir.
Mazkur ikkita yondashuv metafizikadir. Ular faqat bitta omilni tan olishib uni
o‘zaro munosabat va bog‘liqlikni ko‘ra olmagan. Psixologik yo‘l psixika
rivojlanishidagi dialetik muammolarni hal qilishda insonni biologik mavjudot sifatida
qarab, ikki omilning yaxlit faoliyati psxikani tushunishdagi materalistik jihatdan
miyaning obyektiv aksi subyektivda deb qaralgan. Muammoni yechishda dialetik
materalistik yondashuv inson tabiiy ma’lumotlariga psixik rivojlanishni biologik-
anatomik xususiyatlarining bog‘liqligini asosiy psixik faoliyati sifatida bosh miyaning
oliy nerv faoliyati vujudga keladi va bolani o‘rab turgan tashqi ta’sirlar hayot tarzi
jamiyat tarixi psixik hayotni tarkibiga kirib inson shaxsini shakllantiradi.
3-7 yoshgacha bo‘lgan davr maktabgacha ta`lim yoshi davri hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini
inobatga olgan holda maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar shaxsining shakillanishiga
ko‘ra bu davrni uch qismga ajratish mumkin: Birinchi davr bu 3–4 yosh oralig‘ida
bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan
bog‘liqdir. Ikkinchi davr bu 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish.
Uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shalklanishi bilan
xarakterlanadi.
Axloqiy
tushunchalar manbai bo‘lib ularning ta’lim-tarbiyasi bilan
shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. Axloqiy
tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan birga kattalarning
ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o‘tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo
baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlarning bola shaxsidagi
muvaffaqiyatga erishishga harakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning
shaxsiy hayoti, hamda kasb tanlashida ahamiyati juda katta.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari
19
yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu
bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq ishbilarmonlik
motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga
asta-sekinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egalash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish
motivlari qo‘yiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan
bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘zini ko‘rsatish motivlari
ham bu yoshda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu motiv asosan bolalarning syujetli-rolli
o‘yinlarda asosiy rolni egallashga boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga
kirishishga qo‘rqmasligida nima bo‘lganida ham yutishga harakat qilishlarida
ko‘rinadi.
Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baholari juda muhim. Bolalar
birinchi navbatda maishiy axloq norma va qoidalarni, o‘z majburiyatlariga munosabat,
kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish normalarini
egalaydilar. Bunday normallarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib,
ularni yaxshi o‘zlashtirish uchun syujetli-roli o‘yinlar yordam berishi mumkin.
maktabgacha ta`lim yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik bolalarda aniq bir axloqiy
qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy
sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli, mehribon bo‘lish xususiyatidir.
Katta yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z hatti-harakatlari sababini tushuntirib bera
oladilar .
3-3,5 yosh oralig‘ida o‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o‘z
munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat asosan ularning o‘zlariga beradigan
baholari asosida bo‘ladi. 4 yoshli bolalar esa o‘z imkoniyatlarini real
baholay oladilar.
Lekin 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir
emaslar, shuningdek o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O‘z-o‘zini
anglash layoqati katta maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab rivojlanib avval u qanday
bo‘lganini va kelajakda qanday bo‘lishini fikrlab ko‘rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar
beradigan “Men kichkina paytimda qanday bo‘lgan edim?”, “Men katta bo‘lganimda
qanday bo‘laman?” singari savollarida ko‘rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar
kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa shu singari qimmatli insoniy fazilatlariga ega
bo‘lishiga harakat qiladilar.
20
Kichik va o‘rta maktabgacha ta`lim yoshida bola xarakterining shakllanishi
davom etadi. U asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi.
Shu yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan-iroda, mustaqillik va
tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta
maktabgacha ta`lim yoshida bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va
munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan til
topishishda, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarni normal ravishda o‘rnata olishida
foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari
haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.
Bola rivojlanish jarayonida odamlarning ilgari o‘tgan avlodlari tomonidan
yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. Bola
insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi.
Bunda predmetlar olamini, hamda ular yordamida amalga oshiriladigan hatti-
harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat
motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning
bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan mana shu davrdan
boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. maktabgacha ta`lim yoshdagi
bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab harakatlarini takomillashtirish,
elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalari xosil qilish, nutqini o‘stirish hamda
ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabgi kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Mashhur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning maktabgacha
ta`lim yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter
hislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Maktabgacha
ta`lim
yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi
xususiyatlaridan biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy
qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi,
lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan
charchab qoladi. Mana shu so‘zlardan maktabgacha ta`lim yoshidagi bola tabiatning
asosiy qonuni bo‘lmish serharakatligini ortiq cheklab tashlamay, balki maqsadga
muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
21
Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq normalari,
kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bola endi o‘z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi.
Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal
rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o‘zi bilganlarini
mustahkamlashga ehtiyoj sezadi. O‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan
zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib
boradi. Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosobatda bo‘lish, o‘ynash
ehtiyojlarinig mavjudligidir. maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar nutqni bir muncha
to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga
yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bo‘lish ehtiyoji
tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosobatlarga intila boshladilar. Ular
endi kuni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynaydilar.
Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Maktabgacha ta`lim
yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana bir uning har narsani
yangilik sifatida ko‘rib bola uni har tomonlama bilib olishga intilishidir.
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan
o‘sishida qiziqishning roli ham kattadir. Qiziqish xuddi ehtiyoj kabi bolaning biror
faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni
bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi.
Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini
mumkin qadar chuqurroq bilishiga intiladi va binobarin uzoq vaqt davomida qiziqqan
narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda
irodasi kabi muhim hislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashishga yordam beradi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur,
nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-
biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan
o‘yinchoqlar berish lozim(bolalarning qo‘g‘irchoqlari uchun har xil rangli kiyimlar
berish, har hil rangli halqalar, quttichalar va shuning singari narsalar juda yaxshi
22
bo‘ladi).
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning
ko‘zga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga(rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin
chuqur tahlil qilmaydilar.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik
ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun bolalar suratlarni idrok
qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim.
Bunda asosan bolalar diqqatini:
suratning mazmunini(syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini to‘g‘ri
idrok qilishga;
tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish
kerak.
Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. Shuning uchun
diqqatning inson hayotidagi ahamiyati ham benihoyat kattadir. Maktabgacha ta`lim
yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi
bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega.
O‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum
maqsadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga qo‘yilgan yangi
talablar asosida takomillasha boradi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir
ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldirgan va ularni qiziqtirgan
narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar.
|