24
Bola 3 yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi.
Bu davrda
uning vazni 16-18 kg atrofida, bo‘yi 90-100 sm gacha yetadi. Bola jismonan ancha
chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3
yoshli bola o‘z hatti-harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘la boshlaydi. Bolada
mustaqillik ortadi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash
ko‘nikmalari shakllanadi.
Xohishiga ko‘ra o‘yinchoq va turli
tabiat manzaralarini chizish, jamoa bilan
ishlashga o‘rgatish (
“Ko‘m-ko‘k maysalar va gullar”
).
Jamoa bo‘lib sodda kompozitsiyalar tuzish, masalan, “Yaproqlar o‘yin tushar”
mavzusi bo‘yicha tarbiyachi katta (
vatman
) qog‘ozga daraxt shaklini yelimlaydi.
Bolalarga ko‘p miqdorda qirqib tayyorlangan har xil rangdagi (
qizil, sariq, yashil
)
barglar siluetini daraxtga va uning atrofiga yelimlashni taklif qilish orqali kuzgi go‘zal
manzarani aks ettirishga yoki noan’anaviy usuldan foydalanib, qizil, sariq, yashil rangli
qog‘ozlarni yirtish yo‘li bilan barg yasash va yelimlashni o‘rgatish mumkin.
Qo‘shiq aytish
.
Bola qo‘shiq aytayotganida (
kattalarga jo‘r bo‘lib, yakka yoki
jamoa bilan birgalikda
), tabiiy ovozda, zo‘riqmasdan, baqirmasdan, qo‘shiq so‘zlarini
to‘g‘ri tallaffuz etishiga, musiqiy jumlalarning oxiri va qo‘shiq matnida takrorlanib
keluvchi so‘zlarni kuylashiga alohida ahamiyat berish. Kuylash vaqtida to‘g‘ri
nafas
olish, o‘tirgan va turgan holatda qomatni rostlab, erkin kuylashga o‘rgatish.
(M.Ikromova “Opajon qarang”).
Bolani jismoniy tarbiya va sportga qiziqishini oshirishda jismonan chiniqtirishda
quyidagilarga e’tiborli bo‘lish talab etiladi: turli harakatli quvnoq xalq o‘yinlarini
o‘ynash; chiniqtirish muolajalarini muntazam o‘tkazib turish,
erkin harakat qilish
malakalari shakllanishi uchun guruhlarda sharoit yaratish; bolaga jismoniy
mashqlarning muhimligini ta’kidlash
va mustaqil bajarishga undash; yopiq va ochiq
maydonlarda o‘tkaziladigan turli sport o‘yinlariga jalb etish;
yugurish, muvozanat
saqlash, ikki oyoqlab balandga sakrash, to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha
musobaqalarni tashkillashtirish; koptokni biror to‘siq ustidan boshqa bolaga irg‘itish va
ushlab olish elementlari bor bo‘lgan o‘yinlarni o‘ynatish; jismoniy mashqlarni o‘z
vaqtida o‘tkazish uchun doimo vaqt ajratish; bola bilan birga sherik sifatida yoki bir
25
jamoa a’zosi sifatida sport o‘yinlari o‘ynash, musobaqa va o‘yinlarda
turli narsalar,
o‘yinchoqlar bilan harakatlanishlarni uyushtirish, musiqa sadolariga mos tarzda
harakatlanishini rag‘batlantirish.