3
KIRISH
Kurs ish mavzusining dolzarbligi:
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning
2016 yil 29 dekabr kuni “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli
Qarorida: ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim
sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolalarni
maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya
jarayoniga jahon
amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy
etish kabi ishlarni amalga oshirish, 30.09.2017 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi N PF-5198 –sonli
Farmonida xorijiy davlatlar ilg‘or
tajribasidan kelib chiqib, zamonaviy maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni
yaratish, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish,
uning har
tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga
oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi
va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik
qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish kabi ulkan
vazifalar belgilangan.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining
2017 yil 9 iyundagi 5-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’limga
qo‘yiladigan
Davlat talablari”da: bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash; bolalarning
sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga
intilish hissini uyg‘otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni
tashkil etish; shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni
xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarda
ijtimoiy-kommunikativ,
axloqiy,
estetik,
intellektual,
jismoniy
sifat
va
salohiyatlarniuyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik,
tashabbuskorlik hislatlarini shakllantirish; bolalarning yoshi, individual, psixologik va
4
jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini
tashkil etish kabilar o‘rin olgan.