Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana10.06.2024
Hajmi0,93 Mb.
#262214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
2-МТМ

Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi.
Ushbu bosqich jamoa faollarining 
pedagog talablarini qoʻllab-quvvatlashi hamda oʻz navbatida uning oʻzi bu talablarni 
jamoa a’zolari zimmasiga qoʻyishi bilan tavsiflanadi. Endilikda pedagogik jamoada 
paydo boʻlgan va u bilan bogʻliq boʻlgan muammo, masalalarni yolgʻiz oʻzlari hal 
qilmaydilar. Jamoa faollari bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga 
ularni jalb etadi. Jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni 
jamoa oʻz-oʻzini boshqarishga oʻtadi. 
Tarbiyalanuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib 
borishi mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning 
muhim ishlarini oʻquvchilar tomonidan muttasil rejalashtirishi, tadbirlarni oʻtkazishga 


10 
tayyorgarlik, uni oʻtkazish hamda faoliyat natijalarni muhokama qilish jamoa 
faoliyatining ijodiy xususiyatini koʻrsatuvchi omillar sanaladi. 
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida faoliyat motivlari 
(ragʻbatlari)ning paydo boʻlishi, ijodiy hamkorlik va oʻzaro yordam munosabatlarining 
tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga 
kelishida jamoa faollarining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari 
orasida hurmat qozona olishi, namuna boʻlishi, oʻz burchini aniq va puxta bajarishi 
hamda oʻz mavqyelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu oʻrinda 
A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «Jamoa vijdoni» Deya bergan ta’rifini 
eslab oʻtish joizdir. Jamoa faollari bir muncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega boʻlsa-da, 
ayni paytda uning oʻziga oshirilgan talablarning qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir. 
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda toʻxtab qolishi mumkin emas, chunki 
faoliyat koʻrsatayotgan kuch jamoaning bir qismi xolos. Bordi-yu jamoaning 
rivojlanishi ushbu bosqichda toʻxtatib qolinsa, jamoa faollari guruhning boshqa 
a’zolari bilan qarama-qarshi qoʻyish xavfi tugʻilishi mumkin. Mazkur bosqichda jamoa 
moddiy va ma’naviy imkoniyatlarini toʻplab, mustahkamlanib va boyib borar ekan
shaxsning har tomonlama ulgʻayishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni sekin-asta 
yaratib beradi. 
Bu esa ikkinchi bosqichni jamoa shaxsni har tomonlama kamolga yetkazishni 
obyektiv shakli asosida boshlashini taqozo etadi. Bunda boshlangʻich davr bekor 
ketmaydi, faqat salbiy joʻshqinlikka emas, balki ijobiy joʻshqinlikka ham ega boʻladi. 
Bir tomondan, u qiyinchiliklarga tayyorlanish imkonini beradi, bolada oʻz-oʻzini 
anglash va oʻzini idora qilishga intilishni tarbiyalaydi. Ikkinchi tomondan, bu 
bosqichni amalga oshirish kishini har tomonlama ulgʻayishi uchun zarur boʻlgan 
amaliy va ma’naviy munosabatlar tizimi vujudga keladi. 

Download 0,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi

Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish