|
Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasiBog'liq 2-МТМKurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari
faoliyatini takomillashtirish, sifat va samaradorligini oshirish masalalari respulikamizni
qator olimlari diqqat markazida bo‘lib kelgan. Jumladan, Maktabgacha ta’lim
jarayonida bolalarni har tomonlama rivojlantirish muammolari bilan ham bir qator
olimlar shug‘ullanganlar. F.Frebel, M.Montessori, O.Dekroli, Ye.I.Tixeyeva,
Sh.A.Abdullayeva,
Asqarxo‘jayeva,
M.Rasulova,
Oxunova,
G.Komilova,
L.Nazirovalar mazkur muammo bilan shug‘ullanganlar.
Pedagogika va psixologiya sohasi olimlari tomonidan ishlab chiqiladigan bolalar
o‘yinlari nazariyasi o‘tmish pedagogikasi va psixologiyasida to‘plangan barcha
ilg‘or, ijobiy narsalardan foydalanadi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik
ruhida tarbiyalash muаmmоsining ilmiy-nаzаriy аsоslаrini yarаtish vа shu muаmmоgа
оid tavsiyalar ishlаb chiqish.
Kurs ishi mavzusining obyekti.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik
ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlariga asoslangan o‘quv-biluv va tarbiya
jarayoni.
Kurs ishi mavzusining predmeti.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik
ruhida tarbiyalashning usul va vositalari.
Kurs ishi mavzusining vazifalari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik
ruhida tarbiyalashning yosh xususiyatlarini tavsiflash.
-
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos
jihatlarini aniqlash.
-
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash jarayonining
mazmunini yoritish
-
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash usullarini
aniqlash va bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar uchun shu yo‘nalishda usuliy tavsiyalar
tayyorlash.
|
| |