27
va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi. Yuqorida keltirilgan
hamma metodlar orqali bolalarga jamoa va shaxsiy manfaat me’yor va qoidalar, ijtimoiy
hayot voqealari o‘rgatiladi, ularda jamoa va shaxsiy manfaat tasavvur va tushunchalar
shakllantiriladi. Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: bolalarning yaxshilik
va yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor me’yorlarini
muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o‘zlarini faol
qatnashtirish, har bir bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish.
Bolani noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish
yaramaydi. Hamma metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda
foydalaniladi. Har bir metod o‘ziga xos bo‘lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator
misollar orqali ko‘rib chiqamiz. Tushuntirish ko‘pincha
bolalarga yangi jamoa va
shaxsiy manfaat tushuncha, me’yor, qoida bayon qilib borilayotganda ishlatiladi.
Tushuntirish kattalarning jonli so‘zi va namunasiga asoslanadi.
Masalan:
ro‘paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom
berish uchun avvalo, bir oz to‘xtab, u kishining yuziga qarab kulimsirab “Assalomu
alaykum” deyish va yana yo‘lida davom etish kerak. Tushuntirish va ko‘rsatish tabiiy
holda bo‘lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarning hamma guruxlarida qo‘llash mumkin. Tushuntirish yorqin bo‘lib,
bolalarning his-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga
quyidagilar kiradi:
bolalarda ijobiy-jamoa
va shaxsiy manfaat
hislarni
uyg‘ota
olish, ertak qahramonlariga
hamdardlik bildirish
hamda
yutug‘idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish;
bolalarga tushunarsiz bo‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib
berish;
jamoa va shaxsiy manfaat mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda,
sayrlarda, bolalarning o‘z hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda foydalanish.
Axloq mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq me’yorlari va qoidalarini,
ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari
va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Bolalarning jamoa va shaxsiy manfaat
28
tajribalarini kengaytirib borish xulqning jamoa va shaxsiy manfaat sabablarini aniqlab
borish kerak. Suhbat jarayonida bolalar o‘z fikr-mulohazalarini aytishlariga keng imkon
beriladi. Shunda ular har bir xattiharakatini ongli ravishda, axloq me’yorlari va qoidalari
doirasida bajarishga urinadilar.
Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni o‘qib berish, san’at
asarlari va
amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik
hisni uygotadi hamda jamoa va shaxsiy manfaat qoida va me’yorlarni singdirib boradi.
Amaliy va o‘yin metodlari o‘yin mashqlar, muammoli vaziyatlar, izlanuvchanlik
faoliyati, pedagogik masalalarni yechish,
didaktik va harakatli, sahnalashtirilgan
o‘yinlar, inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga rahbarlikni ham shu guruh
metodlariga kiritish mumkin. Metodlar jamoa va shaxsiy manfaat tasavvur va
tushunchalarni mustahkamlashga, bolalarda jamoa va
shaxsiy manfaat tajribani
to‘plashga, axloq me’yorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishga yordam
beradi. O‘yin kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va jamoa va
shaxsiy manfaat xulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni
mashq qildirish foydali odatlarni qaytarish kabilar kiradi.
Muammoli vaziyat o‘zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi,
ammo uning o‘ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo‘lishi
uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya vaziyat (tugallanmagan hikoya) tavsiya etiladi,
masalan, birorta hikoya ma’lum yerida to‘xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga hikoyadagi
qahramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. Bolalarning javoblari muhokama etiladi
va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. Axloqiy tarbiya
metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy jamoa va
shaxsiy manfaat sifatlarni
mustahkamlash bola xulqidagi salbiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida foydalaniladi.
Bunda tushuntirish, ishontirish, suhbat shakllari qulay bo‘ladi. Rag‘batlantirish va
jazolash jamoa va shaxsiy manfaat tarbiyaning qo‘shimcha metodi bo‘lib, u asosiy
metodlarga ta’sir etishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladagi
ijobiy xatgi-harakatni faollashtirish yoki bo‘lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish
uchun
rag‘batlantirishdan
foydalaniladi.
Maktabgacha
ta`lim
tashkilotida
rag‘batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga o‘yinda bosh rolni berish. Jazo
29
shakllariga esa tanbeq, ma’qullamaslik, yaxshi ko‘rgan o‘yinchog‘ini bermaslik kiradi.
Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni
bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Axloqiy tarbiya jarayonini
insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va bolalarning
o‘zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan qarashga asoslanishi
kerak.
Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o‘zi ijobiy
odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga intilsin.
Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur.
Bolani tarbiyalash uchun yaxshi hissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va qo‘rqitish
bilan ijobiy jamoa va shaxsiy manfaat sifatlarni garbiyalab bo‘lmaydi.
Bolada jamoa va shaxsiy manfaat odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum
odatlarga asoslanish kerak.
Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish kerak.
Shunday qilib, bolalarning jamoa va shaxsiy manfaat tasavvur va tushunchalarni
egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari
uchun bolalarning kattalar
rahbarligidagi faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida jamoa va
shaxsiy manfaat his-tuyg‘ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo‘llasa,
yaxshi xulq namunalarini o‘rgatish ancha oson kechadi.