• II.1 MTT tarbiyalanuvchilarida jamoa tuyg‘ularini singdirish jarayonining mazmuni
  • Yurish va yugurish o‘yinlari.
  • O‘rmalash o‘yinlari.
  • Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
  • Ii bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning amaliy shart-sharoitlari




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/23
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #262214
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
    Bog'liq
    2-МТМ

     
     
     
     
     
    II BOB.
    MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JAMOATCHILIK RUHIDA 
    TARBIYALASHNING AMALIY SHART-SHAROITLARI 


    23 
     
    II.1 MTT tarbiyalanuvchilarida jamoa tuyg‘ularini singdirish jarayonining 
    mazmuni 
    Ilk qadam davlat dasturida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini 
    jamoa bo‘lib faoliyat yuritishiga keng o‘rin ajratilgan.
    Masalan, bolaning harakatlanish faoliyatini turli jismoniy mashqlar va o‘yinlar 
    bilan boyitib borish; kattalarning ko‘rsatmasi asosida harakatlarni to‘g‘ri bajarishga 
    undash, faol harakatlanishning jamoaviy shakllariga jalb qilish, bolada tanish 
    harakatlarni oson va erkin, bir maromda, fazoviy yo‘nalishdan adashmay, muvozanatni 
    saqlagan holda bajara olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
    Bolaning sog‘lig‘i, o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda jamoa bo‘lib 
    o‘ynaladigan o‘yinlarga jalb etish.
    Yurish va yugurish o‘yinlari. 
    “Qo‘g‘irchoqnikiga mehmonga”, “So‘qmoq 
    bo‘ylab”, “Kim sekinroq (
    tezroq
    )?”, “Menga yetib ol”, “Poyezd”, “Quyosh va bulut”, 
    “Narsani olib kel”, “Qushchalar uchyapti”, “Quyonim-quyonim”.
    O‘rmalash o‘yinlari.
     
    “Shiqildoqqacha o‘rmalab kel”, “Darvozachadan emaklab 
    o‘t”, “Chiziqni bosma”, “Ehtiyot bo‘l”.
    Uloqtirish va ilib olish o‘yinlari.
    “Doiradagi koptok”, “Koptokni ushla”, 
    “Darvozachaga kirgiz”, “Nishonni mo‘ljalga ol”.
    Sakrash o‘yinlari.
     
    “Mening quvnoq koptogim”, “Ariqchadan sakrash”.

    Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
    Bolada teatrlashtirilgan o‘yinlarga qiziqish uyg‘otish, 
    asar qahramonlari bilan muloqot qilishning dastlabki tajribasidan atrof-muhit haqidagi 
    (“Lolaxon buvisinikiga ketyapti”, “Guruhimizga mehmon keldi”
    ) tushunchalarini 
    kengaytirish.
    O‘yin qahramonlarining turli harakatlarini musiqa orqali ifodalash, jonivorlar 
    ovoziga taqlid qilish, xalq og‘zaki ijodi asarlaridagi so‘zlarni takrorlashga 
    ko‘maklashish. Bolaning o‘yin jarayonidagi faolligini quvvatlash, ijodiy qobiliyatini 
    rivojlantirish.
    Bolaga kattalar tomonidan teatrlashtirilgan tomoshalarni qo‘yib berish.

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning amaliy shart-sharoitlari

    Download 0,93 Mb.
    Pdf ko'rish