|
Iii bob. Internetda
|
bet | 14/15 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 5,45 Mb. | | #112157 |
Bog'liq Internetda ishlash asoslari va elektron pochtaInternetga tobelik
Internetga tobelik hozirgi kunda dunyodagi eng jiddiy muammolardan biriga aylandi. Ajoyib aloqa vositasi bo‘lgan Internet orqali do‘st topish imkoniyati sifatida kompyuter o‘yinlari o‘smirlar va yoshlarning bo‘sh vaqtini egallagan eng mashhur faoliyatga aylandi.
Internet videolarini cheksiz vaqt davomida tomosha qiluvchi, keraksiz ma’lumotlarni titkilab o‘tiruvchi foydalanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular ba’zan
Internetda o‘tkazgan vaqtlarini sezmaydilar ham. Bunday holat Internetga tobelikning dastlabki belgilaridir. Kelajakda muammolarga duch kelmaslik uchun, Internetdan foydalanish vaqtini cheklash maqsadga muvofiqdir.
Quyida Internetga tobe bo‘lib qolish, uning inson psixologiyasi va xatti-harakatlariga salbiy ta’siri, bu salbiy ta’sirlarni qanday bartaraf etish yo‘llarini keltirilgan:
Internetning salbiy ta’sirlari
|
Internetga tobelikni bartaraf etishning yo‘llari
|
Internetda behuda ketgan vaqtni ota-ona va
yaqinlardan yashirish, natijada yolg‘on so‘zlash.
|
Internetda bo‘lgan vaqtni muntazam ravishda
kuzatib borish.
|
Atrofda kechayotgan voqealarga loqayd munosabatda bo‘lish, faqat virtual olam
haqidagina o‘ylash.
|
Bo‘sh vaqtni toza havoda o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanish, qiziqarli kitoblarni o‘qish.
|
Boshqalar bilan muloqotdan qochish, jamoat joylariga bormaslik, do‘stlar va yaqinlar bilan kam aloqada bo‘lish yoki umuman aloqada bo‘lmaslik,
ulardan uzoqroq turishga harakat qilish.
|
Sinfdoshlar, qarindoshlar va do‘stlar bilan haqiqiy muloqotga ko‘proq vaqt ajratish, Internetdan kamroq foydalanish.
|
Oilaviy munosabatlarning o‘zgarishi, ota-onalar,
yaqinlar o‘rtasida nizolarning kelib chiqishi.
|
Uy yumushlarida ota-onalarga qarashish,
yaqinlar bilan qiziqarli o‘yinlar o‘ynash.
|
Uy vazifalarini bajarish o‘rniga onlayn o‘yinlarni o‘ynash, bo‘sh vaqtlarni keraksiz saytlar yoki suhbatlarda o‘tkazish natijasida o‘zlashtirish
baholarining pasayishi.
|
Internetdan faqat foydali va kerakli ma’lumotlarni olish uchun foydalanish. Vaqtdan unumli foydalanib, kun tartibini
yaratish va unga rioya qilish.
|
Kompyuter o‘yinlari
Elektron o‘yinlar o‘zaro harakatga asoslangan bo‘lib, har bir o‘yinchining harakati o‘yinning keyingi kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, o‘yinga mukkasidan ketish kitob o‘qishga kirishib ketishga nisbatan oson va tez kechadi. Ayrim o‘yinchilar me’yorni unutgan holda o‘yinga o‘ta berilib ketadi, bunday holat esa o‘yinga tobelikni keltirib chiqaradi. Bunday “o‘yinchi”larga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish zarur. Eng avvalo, bu shunchaki virtual o‘yin ekanligi va haqiqatdan ancha yiroqligini unutmaslik kerak. Hech kim superqahramon yoki dovyurak poygachi emas. O‘yinchi virtual poygada g‘olib chiqishi, aslida esa mashina boshqarishni umuman bilmasligi mumkin.
Internetdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qiling:
shaxsiy ma’lumotlaringizni Internetga joylashtirmang;
rasm о‘rniga avatardan foydalaning;
shubhali saytlarga kirmang;
faqat о‘zingiz tanigan shaxslar bilangina muloqot о‘rnating;
axborot manbasi (muallif yoki sayt)ni ko‘rsatmasdan nusxa ko‘chirmang;
ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishda har doim axloqli bo‘lishga harakat qiling;
birovlar nomidan xabar yozmang, boshqalar parollarini buzmang;
Internetda yot kompyuterda ishlaganingizda ishni tugatgandan keyin, brauzerning “History” qismidan tashrif buyurgan saytlaringiz ro‘yxatini o‘chirib tashlang;
Internetda nazoratsiz ko‘p vaqt o‘tkazishdan saqlaning, foydasiz ishlar bilan shug‘ullanmang.
UYGA VAZIFA
Quyida ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan ikki nafar foydalanuvchi profilida ko‘rsatilgan ma’lumotlar berilgan. Ular bilan tanishib chiqib, bu ma’lumotlarning ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilishi qanchalik to‘g‘ri ekanligini tahlil qiling.
|
| |