• Axborot bilan ishlash madaniyati
  • Mualliflik huquqi
  • dars. AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATI VA MUALLIFLIK HUQUQI




    Download 5,45 Mb.
    bet9/15
    Sana06.12.2023
    Hajmi5,45 Mb.
    #112157
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
    Bog'liq
    Internetda ishlash asoslari va elektron pochta
    11Купить Ноутбук Acer A315 i3-1005G1 4GB1000GB в интернет магазине MEDIAPARK.UZ Ташкент, 9-mavzu, 1683879068 (1), Alisher Sadullayev referat, Informatika 7 uzb 2021, 2-mavzu. Borlik va rivozlanis falsafasi (1), FALSAFA, algoritm 2, Mavzu Ma’lumotlarni qidirish usullari, algoritmlari va ularning, VVVVV, ARIZA 35 foiz, 35% ANKETASI, ariza ped, ммк ни бошкариш (2), 1759389765

    dars. AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATI VA MUALLIFLIK HUQUQI


    Insoniyat o‘z hayotini Internetsiz tasavvur qila olmaydi. Dunyoda, yon-atrofimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, so‘nggi yangiliklarni bilishda Internet katta rol o‘ynaydi. Internetdagi har qanday
    axborotning sifati va ishonchliligini baholay olish, ulardan to‘g‘ri foydalana bilish va
    har bir ma’lumotga tanqidiy yondashishni o‘rganish har bir shaxsning eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.


    Axborot bilan ishlash madaniyati


    “Axborot” atamasining tavsifi ko‘p bo‘lsa-da, umuman olganda, u to‘plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay ko‘rinishda taqdim etilgan ma’lumot ma’nosini anglatadi (axborot – bu “tushunish uchun oson shaklda berilgan bilimlar”dir; axborot – “insonning ongiga yetib boradigan va uning bilimini oshiradigan” tushuncha).
    Axborotni qidirish, bunda turli soxta ma’lumotlarga aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, uning mazmunini tushunish, do‘stlarga xolis manbalarni uzatish, mantiqiy fikrlay olish jarayonlari umumiy nom bilan axborot bilan ishlash madaniyati deb ataladi. Axborotning kim uchun, nima maqsadda tayyorlanganligini tushunib yetish ham muhim ahamiyatga ega.


    Mualliflik huquqi


    Bugungi kunda Internetdan ko‘chirilgan asar (rasm, qiziqarli maqola, qo‘shiq, musiqa, kino yoki boshqa nashr)larni ularning manbasiga havola ko‘rsatmasdan foydalanish oddiy holga aylanib qolmoqda. Internet foydalanuvchilarining hammasi ham bu asarlarning muallifi mavjudligi, ulardan ruxsat olish lozimligini bilavermaydi. Axborotning Internetdan joy olganligi undan erkin va xohlaganday foydalanish mumkin degani emas. Internetdan joy olgan har bir asarning o‘z egasi bor, har bir asar “Mualliflik huquqi to‘g‘risida”gi qonun bilan himoyalangan. O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqining asosiy me’yorlari “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi” (1041–1073-moddalar) hamda “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida“gi O‘zbekiston
    Respublikasi qonunida (2006-yil 22-iyun) qat’iy belgilangan. Agar biror shaxs mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarni noqonuniy ravishda nusxalasa, tarqatsa, undan daromad manbayi sifatida foydalansa, muallif o‘z mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun tegishli idoralarga murojaat etishi mumkin. Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlar jahonning deyarli barcha mamlakatlarida mavjud. Shuning uchun muallif ruxsatisiz uning asarlarini ishlatish, tarqatish mumkin emas!
    Ba’zan do‘konlarda kitob, disk va dasturlarning noqonuniy nusxalarini kuzatish mumkin. Bunday holatda nusxa yaratganlar ham, ushbu nusxalarini sotganlar ham qonun oldida javobgar hisoblanadi.
    Internetdan olingan ma’lumotni kompyuterda saqlash va undan shaxsning o‘zi foydalanishi qonunga zid emas. Bu ma’lumotni veb-sayt, ijtimoiy sahifa, kanal yoki guruhlarda nashr qilish kerak bo‘lsa, albatta uning manbasiga havola ko‘rsatilishi lozim.

    Shuningdek, mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan materiallar ham mavjud bo‘lib, ular


    quyidagilardan iborat:

    • rasmiy hujjatlar (qonunlar, sud qarorlari, qonun hujjatlari va h. k.) va ularning rasmiy tarjimalari;

    • davlat ramzlari va belgilari (bayroqlar, gerb, emblema va boshqalar);

    • xalq ijodiyoti asarlari;

    • axborot xarakteridagi voqea va faktlar to‘g‘risidagi xabarlar;

    • qisqartirilgan ismlar va shiorlar.

    Internetdagi ma’lumotlardan mualliflik huquqini buzmasdan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilish kerak:

      • mualliflik huquqi belgisini joylashtirish;

      • manbani ko‘rsatish;

      • ma’lumotlar joylashgan asl saytga to‘g‘ridan to‘g‘ri havolani o‘rnatish.




    Download 5,45 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Download 5,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    dars. AXBOROT BILAN ISHLASH MADANIYATI VA MUALLIFLIK HUQUQI

    Download 5,45 Mb.