|
Iii bob. Internetda
|
bet | 2/15 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 5,45 Mb. | | #112157 |
Bog'liq Internetda ishlash asoslari va elektron pochtadomen kengaytmalari deb nomlanadi. Eng kо‘p tarqalgan domen kengaytmalari:
Qaysi davlatga mansubligiga kо‘ra:
|
Veb-sayt turiga kо‘ra:
|
UZ – О‘zbekiston
|
COM – tijorat
|
UK – Buyuk Britaniya
|
EDU – ta’lim
|
US – Amerika qо‘shma shtatlari
|
GOV – hukumat
|
RU – Rossiya
|
INT – xalqaro
|
KG – Qirg‘iziston
|
MIL – harbiy
|
KZ – Qozog‘iston
|
NET – tarmoq
|
UA – Ukraina
|
ORG – nodavlat tashkilotlari
|
Masalan: www.ziyonet.uz, www.uzbekcoders.uz, www.dtm.uz, www.google.com.
Veb-brauzer dasturlari
Butunjahon tarmog‘idagi veb-sahifa yoki veb-saytlarni kо‘rish uchun maxsus dasturlar – veb- brauzerlardan foydalaniladi.
Veb-brauzer Internet tarmog‘idagi veb-sahifalarni kо‘rsatadigan dastur bо‘lib, uning yordamida veb- sahifadagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Veb-sahifalar gipermatnli belgilash tili (HTML)da yozilgan bo‘lib Internet orqali kompyuter tilida yaratiladi. Veb-brauzer esa buni foydalanuvchi о‘qiy oladigan tilga o‘giradi. Odatda, Windows operatsion tizimi tarkibida Internet Explorer brauzeri tizim bilan birgalikda o‘rnatilgan bo‘ladi. Qolgan brauzerlar esa foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladi.
Eng mashhur brauzerlar:
Dastur nomi
|
Google Chrome
|
Microsoft Edge
|
Internet Explorer
|
Mozilla Firefox
|
Yandex
|
Safari
|
Logotipi
|
|
|
|
|
|
|
Veb-brauzer dasturini ishga tushirish usullari bilan tanishamiz.
usul:
ish stolidagi “Пуск” tugmachasi tanlanadi;
sichqoncha “Все программы” ko‘rsatmasi ustida bosiladi;
kompyuterga о‘rnatilgan dasturlar rо‘yxatidan brauzer dasturi (masalan, Google Chrome) tanlanadi.
usul:
Sichqonchaning chap tugmachasi ish stolida joylashgan veb-brauzer dasturi ustida ikki marta tez-tez yoki masalalar panelida joylashgan veb- brauzer dasturi belgisi ustida bir marta bosiladi.
Turiga ko‘ra, veb-brauzerlarning umumiy ko‘rinishi turlicha bo‘ladi. Veb-brauzer ishga tushirilgan vaqtda, odatda, bosh sahifa yoki biror saytning asosiy sahifasi ishga tushadi.
Veb-brauzerning umumiy ko‘rinishi Har bir veb-brauzer quyidagi asosiy uskunalar panelidan iborat:
avvalgi sahifaga qaytish. “back” tugmachasi orqali avval yuklangan sahifalarga о‘tiladi (1);
keyingi sahifaga о‘tish. “forward” tugmachasidan avvalgi sahifaga qaytish amalga oshirilganidan keyin, hozir tashrif buyurgan veb-sahifaga о‘tishda foydalaniladi (2);
sahifani yangilash. “refresh” (3) tugmachasi veb-sahifani qayta yuklash imkonini beradi. Bu tugmachadan veb-sahifa tо‘g‘ri yuklanmaganda yoki veb-sahifadagi yangilangan ma’lumotlarni kо‘rishda foydalaniladi;
brauzerlarning turi ko‘p bo‘lsa-da, ularda sahifalar bir xil usulda ko‘riladi. Veb-sayt yoki veb- sahifani ochish uchun brauzerning manzil qatoriga (4) sayt yoki sahifaning manzilini kiritish va “Enter” tugmachasini bosish lozim (masalan, raqamli ta’lim resurslari manzili – dr.rtm.uz);
brauzerlarning zamonaviy versiyalarida asosiy amallar sozlamalar menyusi orqali bajariladi (5).
Sichqonchaning o‘ng tugmachasini brauzerning ixtiyoriy bo‘sh qismida bosish orqali bir necha buyruqdan iborat kontekst menyusiga o‘tish hamda veb-sahifa bilan bog‘liq kerakli buyruqlarni bajarish mumkin:
avvalgi sahifaga qaytish (“Back” buyrug‘i);
keyingi sahifaga o‘tish (“Forward” buyrug‘i);
sahifani qayta yuklash (“Reload” buyrug‘i);
sahifani saqlash (“Save as…” buyrug‘i);
veb-sahifani chop etish (“Print…” buyrug‘i);
veb-sahifadagi matnlarni tarjima qilish
(“Translate to o‘zbek” (yoki boshqa til) buyrug‘i).
Tarjima tilini almashtirish
Kontekst menyuda “Translate to o‘zbek” emas, boshqa til, masalan, “Translate to russian” turgan bo‘lsa, u holda tilni almashtirish uchun brauzer manzil qatorining o‘ng tomonida maxsus tilni almashtirish ikonkasi (1) bosiladi.
“russian”ni “o‘zbek”ga almashtirish uchun sozlash qismi (2) ga kirib, “Choose another language” (3) bosiladi va tillar ro‘yxatidan o‘zbek tili tanlanadi.
|
| |