-dars. QIDIRUV TIZIMLARI VA INTERNETDA MA’LUMOT IZLASH




Download 5,45 Mb.
bet3/15
Sana06.12.2023
Hajmi5,45 Mb.
#112157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta
11Купить Ноутбук Acer A315 i3-1005G1 4GB1000GB в интернет магазине MEDIAPARK.UZ Ташкент, 9-mavzu, 1683879068 (1), Alisher Sadullayev referat, Informatika 7 uzb 2021, 2-mavzu. Borlik va rivozlanis falsafasi (1), FALSAFA, algoritm 2, Mavzu Ma’lumotlarni qidirish usullari, algoritmlari va ularning, VVVVV, ARIZA 35 foiz, 35% ANKETASI, ariza ped, ммк ни бошкариш (2), 1759389765

18-dars. QIDIRUV TIZIMLARI VA INTERNETDA MA’LUMOT IZLASH


Internetning tezkor sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida milliardlab veb-sahifa va fayllar orasidan kerakli ma’lumotni topish muammosi paydo bo‘ldi. Hozirda Internetda ma’lumot izlashning uchta asosiy usuli mavjud bo‘lib, ular:

  1. veb-sahifa manzili orqali. Bu usul qidiruvning eng tezkor usuli bo‘lib, undan faqat sahifa yoki faylning aniq manzilini bilgandagina foydalanish mumkin;

  2. gipermurojaatlar orqali. Agar qidirilayotgan hujjat yoki ma’lumot ma’no jihatidan joriy sahifaga yaqin bo‘lsa, bu ham nisbatan qulayroq izlash usuli hisoblanadi;

  3. veb-saytning URL manzili yoki qidirilayotgan ma’lumotni qayerdan izlash aniq bo‘lmagan hollarda qidiruv tizimlaridan foydalaniladi.

Qidiruv tizimidan samarali foydalanish, kerakli ma’lumotni xavfsiz va samarali usulda qidirish hamda eng yaxshi qidiruv natijalarini tanlay bilish muhim ahamiyatga ega.
Butunjahon о‘rgimchak tarmog‘ida kо‘plab qiziqarli, kо‘ngilochar veb-sahifalar mavjud. Biroq bu maydonda turli xavflargа duch kelish ham mumkin. Internetdan foydalanishda mana shu xavflar haqida bilish va undan о‘zini himoya qila olish xavfsizlikni ta’minlash deb ataladi.



Qidiruv tizimlari
Qidiruv tizimlari ma’lumotni butunjahon tarmog‘idan qidirish imkonini beradi.
Butunjahon Internet tarmog‘ida mavjud barcha veb-saytlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Kerakli ma’lumotni shu baza orqali topish uchun qidiruv tizimidan foydalanish mumkin.
Bugungi kunda kо‘plab qidiruv tizimlari mavjud bо‘lib, ulardan quyidagilari eng ommalashgan sanaladi:

  1. Google(https:/ www.google.co.uz/);

  2. Microsoft Bing (https:/ www.bing.com/);

  3. Yahoo(https:/ www.yahoo.com/);

  4. Baidu (https:/ www.baidu.com/);

  5. Yandex (https://www.yandex.ru/);

  6. DuckDuckGo (https:/ duckduckgo.com/);

  7. Kiddle (https:/ www.kiddle.co/).

Qidiruv qanday amalga oshiriladi?

  1. Qidiruv tizimidan foydalanish uchun brauzerning manzil qatoriga qidiruv tizimi manzili kiritiladi.

  2. Qidiruv tizimi ishga tushganidan keyin, qidiruv maydoniga klaviatura orqali kalit so‘z yoki jumlalar kiritiladi. Yoki mikrofon rasmini bosgan holda kalit so‘z ovoz chiqarib aytiladi (1).

Kalit so‘z yozilganidan keyin, “Enter” yoki “Google Search” tugmachasi bosiladi (3).

  1. Har bir qidiruv tizimida indeks (2) mavjud bо‘lib, u avval tashrif buyurilganda kiritilgan kalit sо‘zlarga mos barcha kalit sо‘zlar va veb-sahifalar rо‘yxatini qamrab oladi.

Qidiruv tizimi indeksini qidirish va qidiruv satri (yoki manzil satri)ga kiritilgan sо‘zlarga mos barcha veb-sahifalarni topish uchun murakkab algoritmdan foydalaniladi. So‘ngra natija tanlangan veb- sahifalar rо‘yxatida kо‘rsatiladi.

  1. Rо‘yxatning yuqoridan pastga qarab joylashuvi ham yana bir murakkab algoritm yordamida amalga oshiriladi. Demak, turli qidiruv tizimlarida (Google, Yahoo, Yandex, Bing va h. k.) turlicha natijalar aks etishi mumkin.

Qidiruv natijalari asosida qidirilayotgan kalit so‘zga mos ma’lumotning URL manzili (4), sarlavhasi
(5) va qisqacha matni (6) keltiriladi.


Ushbu ma’lumotni ko‘rib chiqish uchun sichqonchaning ko‘rsatkichi uning sarlavhasi ustiga bosiladi.

  1. Kiddle kabi qidiruv tizimlari yoshlarga mo‘ljallanganligi bois, foydalanuvchi yoshiga mos kelmagan natijalarni filtrlashga yordam beradi.

Qidiruv tizimida axborotni izlash


Qidiruv tizimidan foydalanishning asosiy qoidalari:

  1. faqat bitta kalit so‘zdan iborat so‘rovni yozmaslik kerak, chunki kalit so‘z bitta bo‘lsa, so‘rov natijasida olingan millionlab Internet sahifalari ro‘yxati ichidan keraklisini ajratib olishning o‘zi yana bir muammo bo‘lishi mumkin;

  2. kalit so‘zlarni bosh harflar bilan yozmaslik lozim, chunki bunday hollarda kichik harflar bilan yozilgan ma’lumotlar qoldirib ketilishi mumkin;

  3. agar qidiruv nihoyasida birorta ham natija olinmasa, kalit so‘zlarni orfografik xatolarga tekshiring. Qidiruv tizimidagi so‘rovlar tili – bu ma’lumotni samarali qidirishda ishlatiladigan maxsus qoidadir. Ko‘plab qidiruv tizimlarida axborot izlashning kengaytirilgan usullari mavjud.

Murakkab ko‘rinishdagi so‘rovlar ma’lumotlarni tez va aniq topishni ta’minlaydi. Bunday so‘rovlarni tashkil etishda maxsus belgilar hamda AND (va), OR (yoki), NOT (yo‘q) kabi so‘zlardan foydalaniladi.

Belgi

Mazmuni

So‘rovga misollar

+
(plyus)



Berilgan so‘zning har bir sahifada qatnashishini anglatadi. Bitta so‘rovda bir nechta + operatorini ishlatish mumkin.

Samarqand+tarixiy+obidalar Tarkibida «Samarqand», «tarixiy» va «obidalalar» so‘zi aniq uchrovchi
barcha sahifalar ro‘yxati topiladi.


(minus)



Sahifalarda berilgan so‘z ishtirok etmasligini bildiradi. Faqat oldida minus operatori qatnashgan so‘zlar uchrovchi sahifalargina chiqarilmaydi.

tarixiy – obidalar
Bir vaqtda “tarixiy” so‘zi uchraydigan, lekin “obidalar” so‘zi uchramaydigan barcha sahifalar ro‘yxati hosil bo‘ladi.

“…” (qo‘shtirnoqlar)





Sahifada qo‘shtirnoqlar orasidagi so‘z yoki so‘zlar uchrashini bildiradi.

“Samarqand tarixiy obidalar” Sahifalarda qo‘shtirnoqlar orasidagi jumla ishtirok etishini anglatadi. Agar
jumla qo‘shtirnoqqa olib yozilmasa, u
holda alohida yozilgan “Samarqand”, “tarixiy” va “obidalar” so‘zlari ishtirok etuvchi sahifalar ham ro‘yxatga qo‘shiladi.

* (yulduzcha)



Biror jumlada tushib qolgan so‘zlar qidiriladi. Bitta * operatorga bitta so‘z to‘g‘ri keladi. * operatori faqatgina
“…” qo‘shtirnoq operatori tarkibida
ishlaydi.

“tarixiy * obidalar” Tushib qolgan so‘zni qamragan mazkur jumla qatnashgan barcha
sahifalar ro‘yxati chiqariladi.

& yoki AND –


(va)

Ikki yoki undan ortiq kerakli so‘z ishtirok etuvchi sahifalarni topishda ishlatiladi.



tarixiy AND obidalar
so‘rovi orqali ham “tarixiy”, ham “obidalar” so‘zi uchraydigan sahifalar topiladi.

| yoki OR (yoki)





Ikki yoki undan ortiq kerakli so‘zlardan kamida bittasi ishtirok etuvchi sahifalarni topishda ishlatiladi.

tarixiy OR obidalar so‘rovi orqali “tarixiy” yoki “obidalar” so‘zi uchraydigan sahifalar topiladi.

NEAR yoki [ ] –


(katta qavslar)

Bir-biridan kamida o‘nta so‘z bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq kerakli so‘zlar ishtirok etuvchi sahifalarni topishda ishlatiladi.

tarixiy NEAR obidalar
so‘rovi orqali “tarixiy”, “tarixiy obidalar”, “obidalar...” kabi so‘zlarni qamrab olgan sahifalar topiladi.

Axborotning ishonchliligi


Har bir о‘quvchi maktab loyihasini bajarishi yoki qiziqarli ma’lumotlarni olishi uchun Internetdan foydalanadi. Internetdan foydalanishda eng qiyin jarayonlardan biri – bu olingan ma’lumotning


ishonchliligini aniqlashdir. Ishonchli ma’lumotlarni faqat ishonchli manbalardangina olish mumkin. Ishonchli manba, odatda, nufuzli kompaniya, tashkilot yoki rasmiy manbalar bо‘lishi mumkin. Bu kabi manbalarga joylashtiriladigan ma’lumotlar kо‘plab dalillar asosida tekshiriladi.
Kо‘pchilik foydalanuvchilar “Wikipediya” veb-saytini ishonchli manba deb о‘ylashadi. Ammo ma’lumot topish uchun undan foydalanishda ehtiyot bо‘lish zarur. “Wikipediya” veb-saytidagi ma’lumotlarni xohlagan foydalanuvchi о‘zgartirishi mumkin. Demak, “Wikipediya”da ma’lumotlar kо‘p bо‘lsa-da, manba sifatida ularga ishonmaslik kerak.
Veb-sahifani saqlash
Foydali ayrim veb-sahifalardan keyinroq yana foydalanish hamda ma’lumotning qayerdan olinganligini kо‘rsatish uchun ular rо‘yxatini saqlab qo‘yish mumkin.
Bunga quyidagi usullar bilan erishiladi:

  1. veb-sahifani saqlash;

  2. veb-sahifani belgilab qо‘yish (xatchо‘pga qo‘shish);

  3. veb-sahifa manzilini saqlash.




Download 5,45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 5,45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-dars. QIDIRUV TIZIMLARI VA INTERNETDA MA’LUMOT IZLASH

Download 5,45 Mb.