Elektron pochta qutisini yaratish




Download 5,45 Mb.
bet7/15
Sana06.12.2023
Hajmi5,45 Mb.
#112157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta
11Купить Ноутбук Acer A315 i3-1005G1 4GB1000GB в интернет магазине MEDIAPARK.UZ Ташкент, 9-mavzu, 1683879068 (1), Alisher Sadullayev referat, Informatika 7 uzb 2021, 2-mavzu. Borlik va rivozlanis falsafasi (1), FALSAFA, algoritm 2, Mavzu Ma’lumotlarni qidirish usullari, algoritmlari va ularning, VVVVV, ARIZA 35 foiz, 35% ANKETASI, ariza ped, ммк ни бошкариш (2), 1759389765

Elektron pochta qutisini yaratish


  1. Veb-brauzer dasturi ishga tushiriladi.

  2. Brauzerning manzil qatoriga pochta xizmati saytining manzili kiritiladi (masalan, https:/ passport.yandex.uz/, https:/ gmail.com).

  3. “Enter” tugmachasini bosib, formadan “Create account (for myself)” tanlanadi.

  4. Ro‘yxatdan o‘tish anketasi to‘ldiriladi (ism, familiya, foydalanuvchi nomi, parol va tasdiqlash uchun parolni qayta kiritish) va “Next” tugmachasi bosiladi (1).

Agar foydalanuvchi nomi boshqa shaxs tomonidan ishlatilayotgan bo‘lsa, u holda bu haqida xabar chiqadi. Yon daftaringizga elektron pochta manzilingiz (masalan,
aqlvoyxamidov@gmail.com) va pochtadan foydalanish
uchun kiritgan parolingizni yozib qo‘ying.

  1. Telefon raqami kiritiladi va “Next” tugmachasi bosiladi (2).

  2. Telefon raqamiga kelgan kod kiritiladi va “Verify” tugmachasi bosiladi (3).




  1. Keyingi oynada tug‘ilgan sana, oy, yil va jins tanlanadi hamda “Next” tugmachasi bosiladi.

  2. So‘nggi oynada xizmatdan foydalanish qoidalari berilgan bo‘lib, “I agree” tugmachasi yordamida shartlarga rozi ekanligi bildiriladi.



Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tilgandan so‘ng, shaxsiy elektron pochta qutisi yaratiladi. U orqali elektron xabarlarni yozish, yuborish, qabul qilish, o‘qish va saqlash mumkin.


Elektron pochtadan foydalanish vaqtida shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga rioya etishingiz zarur:

    1. elektron pochta qutisi uchun murakkabroq parol va maxfiy savol tanlashga harakat qiling. Parol sifatida ismingiz yoki shunga o‘xshash boshqalarga ma’lum shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘ymang;

    2. pochta qutisiga begona kompyuterdan kirayotganingizda, har doim parolni terish orqali kiring. Agar brauzer orqali “Сохранить пароль” funksiyasi ishga tushsa, uni bosmang. Chunki parolingiz kompyuterda saqlanib qoladi va boshqalar shu kompyuter orqali pochtangizga kirishi mumkin;

    3. elektron pochtangizga notanish shaxsdan xat kelgan bo‘lsa, kattalarga (o‘qituvchingiz yoki ota-onangiz / yaqiningizga) xabar bering va elektron xatni o‘chirib tashlang. ELEKTRON XATNI OCHMANG;

    4. notanish insonlardan kelgan xatlardagi qo‘shimcha fayllarni hech qachon OCHMANG. Xatda qo‘shimcha fayllar mavjud bo‘lsa, elektron pochta yonida qog‘oz qisqich belgisi bo‘ladi;

    5. elektron pochta xati kimdan kelganligini diqqat bilan tekshiring. Agar sizga notanish manzil bo‘lsa, unga JAVOB QAYTARMANG. Bu haqida kattalarga xabar bering;

    6. elektron pochtani ochganingizda, unda gipermurojaat mavjud bo‘lsa, uning xavfsizligiga to‘liq ishonch hosil qilmaguncha – BOSMANG. Har doim, eng avvalo, kattalardan so‘raganingiz ma’qul. Gipermurojaat soxta veb-saytga olib borishi yoki virus kabi ba’zi zararli dasturlarni kompyuteringizga yuklab olishi, viruslar kompyuteringizdagi ma’lumotlarga zarar yetkazishi mumkin;

    7. hech qachon tanimagan odamlarga kattalar bilan maslahatlashmasdan elektron pochta xabarlarini YUBORMANG. Elektron xatni kimga yuborayotganingizni doimo yaxshilab tekshirib ko‘ring. Elektron pochta manzilining yozilishini tekshirganingizga ishonch hosil qiling, chunki bitta harf o‘zgarsa ham, elektron xat boshqa shaxsga yuborilishi mumkin;

    8. hech qachon biror veb-saytga elektron pochta manzilingizni kattalarsiz KIRITMANG;

    9. elektron pochtangizga kirish uchun foydalanadigan parolni hech qachon hech kimga AYTMANG.
















An’anaviy pochta

Elektron pochta

Xabar uni qabul
qiluvchiga qancha vaqtda yetib boradi?







Xabarni qaysi vaqtda
jo‘natish mumkin?







Xabar qanday
yuboriladi?








    1. Download 5,45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 5,45 Mb.