Mualliflik huquqi litsenziyalari




Download 5,45 Mb.
bet10/15
Sana06.12.2023
Hajmi5,45 Mb.
#112157
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

Mualliflik huquqi litsenziyalari




Har bir muallif o‘z mualliflik huquqlarini e’lon qilish uchun mualliflik huquqi litsenziyalaridan foydalanishi mumkin.
Copyright litsenziyasi (©) – mualliflik huquqi egasining ismi (yoki sarlavha) va asarning birinchi nashr etilgan yilidan iborat.


Creative Commons (CC) tashkiloti AQSHda 2001-yilda mualliflik huquqlari uchun kurash olib borgan taniqli professorlar Lourens Lessig, Xel Abelson va Erik Eldredlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mualliflik huquqlarini himoya qiluvchi bepul litsenziyalarni taqdim etadi. Tashkilot tomonidan e’lon qilingan olti turdagi litsenziya butun dunyo axborot yetkazuvchilariga o‘z materiallarini turli usullar yordamida himoya qilish imkonini beradi.

Creative Commons litsenziyasi to‘rt xil elementdan tarkib topgan bo‘lib, ular quyidagicha izohlanadi:





  • muallifi ko‘rsatilgan holda (Attribution): asarning mualliflik huquqi saqlangan holda undan nusxa olish, tarqatish, ishlatish, qayta ishlashga ruxsat beriladi;




  • hech qanday o‘zgartirish kiritmagan holda (No Derivative Works): asar o‘zgartirilmagan holda undan nusxa olinishi, tarqatilishi, foydalanilishiga ruxsat beriladi. Agar kimdir asarni o‘zgartirishni yoki qayta ishlashni xohlasa, u holda bunga muallif ruxsatini olishi lozim;

  • shartlarga amal qilgan holda (Share Alike): asarning qayta ishlangan, takomillashtirilgan versiyasini faqat muallifning original asari uchun olingan litsenziyasi asosidagina tarqatilishiga ruxsat beriladi;




  • notijorat maqsadlarda (Non-Commercial): asardan notijorat maqsadlarda nusxa ko‘chirish, tarqatish, foydalanish, qayta ishlashga ruxsat beriladi. Agar foydalanuvchi undan tijorat maqsadida foydalanmoqchi bo‘lsa, u holda muallifga murojaat etishi zarur.




Download 5,45 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 5,45 Mb.