|
Quyidagi elementlardan tarkib topgan 6 xil kombinatsiyali litsenziya turlari ham mavjud
|
bet | 11/15 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 5,45 Mb. | | #112157 |
Bog'liq Internetda ishlash asoslari va elektron pochtaQuyidagi elementlardan tarkib topgan 6 xil kombinatsiyali litsenziya turlari ham mavjud:
1) (CC-BY) – muallifini ko‘rsatgan holda foydalanish. Mazkur litsenziya asar muallifini ko‘rsatgan holda asarni tarqatish, tahrirlash, moslash, takomillashtirish, hatto tijorat maqsadida foydalanishga ham ruxsat beradi;
2) (CC BY-SA) – muallifini ko‘rsatgan va shartlarga amal qilgan holda foydalanish. Litsenziyaning bu turi asar muallifi ko‘rsatilgan holda muallifning shartlari asosida tahrirlash, moslash, takomillashtirishga ruxsat beradi. Asardan tijorat maqsadida foydalanilsa, muallifga kredit berib borish, takomillashgan asarga litsenziya olish uchun muallifning avvalgi litsenziya shartlarini inobatga olish zarur;
3) (CC-BY-ND) – muallifi ko‘rsatilgan va hech qanday o‘zgartirish kiritmagan holda foydalanish. Bunday litsenziya asarni tijorat va notijorat maqsadlarida hech qanday o‘zgartirishsiz, butunligicha, muallifini ko‘rsatgan holda foydalanish imkonini beradi;
4) (CC BY-NC) – muallifini ko‘rsatgan holda va notijorat maqsadida foydalanish. Bu turdagi litsenziya asar muallifi ko‘rsatilgan holda notijorat maqsadida foydalanish, o‘zgartirish, moslash va takomillashtirishga ruxsat beradi;
5) (CC BY-NC-SA) – muallifi ko‘rsatilgan, shartlarga amal qilingan holda hamda notijorat maqsadlarida foydalanish. Litsenziya asarni notijorat maqsadida muallifini ko‘rsatgan holda tahrirlash, moslash va takomillashtirishga ruxsat beradi. Takomillashgan asarga litsenziya olish uchun muallifning avvalgi litsenziya shartlari inobatga olinishi zarur;
6) (CC BY-NC-ND) – muallifi ko‘rsatilgan, hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan holda hamda notijorat maqsadlarda foydalanish. Bu litsenziya barcha 6 ta asosiy litsenziya orasida eng chegaralovchisi hisoblanib, asarni asar muallifi ko‘rsatilgan holda faqat ko‘chirib olish imkoninigina beradi. Asarni o‘zgartirish va undan tijorat maqsadlarida foydalanish ta’qiqlanadi.
Yechimlar
|
to‘g‘ri (+)
noto‘g‘ri (–)
|
Kitobdan uning manbasini ko‘rsatgan holda foydalanish mumkin, lekin tarjima
qilish mumkin emas.
|
|
Kitobni tarjima qilish mumkin, faqat notijorat maqsadidagina.
|
|
Kitobdan foydalanish va uni tijorat maqsadida tarjima qilish mumkin.
|
|
Yechimlar
|
to‘g‘ri (+)
noto‘g‘ri (-)
|
Videodan foydalanish, uni tahrirlash mumkin. Videoni faqat muallifi
ko‘rsatilgan holdagina tarqatish mumkin.
|
|
Videodan notijorat maqsadida foydalanish, uni o‘zgartirish va tarqatish mumkin.
|
|
Videodan muallif tomonidan o‘rnatilgan tartibdagina foydalanish mumkin.
|
|
|
| |