Iii bob. Internetda




Download 5,45 Mb.
bet13/15
Sana06.12.2023
Hajmi5,45 Mb.
#112157
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta
11Купить Ноутбук Acer A315 i3-1005G1 4GB1000GB в интернет магазине MEDIAPARK.UZ Ташкент, 9-mavzu, 1683879068 (1), Alisher Sadullayev referat, Informatika 7 uzb 2021, 2-mavzu. Borlik va rivozlanis falsafasi (1), FALSAFA, algoritm 2, Mavzu Ma’lumotlarni qidirish usullari, algoritmlari va ularning, VVVVV, ARIZA 35 foiz, 35% ANKETASI, ariza ped, ммк ни бошкариш (2), 1759389765

Internet xatarlari


Shaxs yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan saytlar. Internet barcha yoshdagi foydalanuvchilar uchun xilma-xil saytlarni taklif etadi va shu orqali ommaviy foydalanuvchilar hamda alohida guruhlarning turli qiziqishlarini qondiradi. Shunga qaramay, bolalar va o‘smirlar saytlarning hammasidan ham foydalanishi mumkin emas. Yoshga to‘g‘ri kelmaydigan saytlar, xususan, kattalar uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bolalarga zarar yetkazishi mumkin. BEXOSDAN SHUNDAY SAYTLARGA KIRIB QOLSANGIZ, ULARNI DARHOL YOPING YOKI KATTALARGA MUROJAAT ETING.
Saytlarning tekshirilmasligi. Internetdagi ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan tekshirilmaydi. Shunday ekan, ma’lumotlarga tanqidiy yondashishni o‘rganish va ularning hammasiga ham ko‘r-ko‘rona ishonavermaslik kerak. ONLAYN TAQDIM ETILGAN AXBOROTLARNING HAMMASIGA HAM ISHONIB BO‘LMAYDI.
Reklama ko‘rinishidagi nomaqbul ma’lumotlar. Bolalarga mos bo‘lmagan reklama ta’sirida ularga mo‘ljallanmagan tovar va xizmatlar (masalan, plastik jarrohlik)ni sotib olish mumkin. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ismi, yoshi, jinsi)ni qancha ko‘p oshkor qilsa, reklamada ishtirok etish yoki lotereya o‘ynashga taklifnoma olish ehtimoli shuncha katta bo‘ladi. SAHIFALARDA O‘ZINGIZ HAQINGIZDAGI SHAXSIY MA’LUMOTLARNI YOZISHDA EHTIYOT BO‘LING.
Shaxsiy hayot daxlsizligi. Internetdan joy olgan ma’lumotlar cheklanmagan vaqt davomida butun dunyo bo‘ylab aylanib yurishi mumkin. Siz yaxshi niyatda qо‘ygan matn va rasmlaringiz qayta ishlanib, sizning hayot daxlsizligingizga putur yetkazishi ehtimoli mavjud. Shu sababli, shaxsiy ma’lumotlaringizning hammasini ham Internetga joylayvermang. INTERNET MUHITINING O‘ZIGA XOS JIHATLARINI INOBATGA OLING.


Zararli maslahat. Internetdagi forumlar, bloglar va boshqa saytlar foydalanuvchilarga axborot va
maslahatlar almashish uchun platforma ochib beradi. Umuman olganda, yordamning bunday turi juda foydali, lekin nomaqbul, hatto zararli maslahatchilar bilan aloqa o‘rnatilishiga olib kelishi ham mumkin.
Zararli maslahat olish xatari, xususan, bolalar va o‘smirlarning shunday maslahatlarni olish xatari
doimiy veb-saytlarga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda ancha yuqori. INTERNETDAGI BUNDAY MASLAHATLARGA AMAL QILISHDAN AVVAL BU BORADA KATTALAR BILAN FIKRLASHIB OLISH ZARUR.


Fishing (pul o‘g‘irlash, firibgarlik) – mashhur brend, bank va boshqa xizmatlar nomidan elektron pochta xabarlarining yuborilishi. Masalan, sizga “1000 dollar pul yutib oldingiz, bank karta ma’lumotlaringizni yuborsangiz, sizga yutuqni jо‘natamiz” kabi xabar kelishi mumkin. Yodingizda bo‘lsin, bank hech qachon sizdan hisob raqamingiz, parol va boshqa ma’lumotlaringizni taqdim etishni so‘rab xat yubormaydi. O‘smirlar soxta veb-sayt, xabarlarni
haqiqiysidan ajrata olishmaydi. Shu sababdan o‘zlari bilmagan holda, ota-onalari yoki aka- opalarining bank ma’lumotlarini oshkor qilib qo‘yishi mumkin.
Savdodagi firibgarliklar. Virtual sotuvchi o‘zining sifatli tovar yoki xizmatini tavsiya qiladi, to‘lov amalga oshirilganidan keyin esa tovar yoki xizmat aytilgan tavsiflarga ega bo‘lmasligi yoki umuman xaridorga yetkazib berilmasligi mumkin. Savdodagi bunday holat firibgarlik deb ataladi. INTERNET ORQALI SAVDONI AMALGA OSHIRISHDA KATTALARDAN YORDAM SO‘RASH LOZIM.


Gruming – o‘z yoshini yashirgan holda bolalar va o‘smirlar bilan Internet orqali o‘rnatilgan aloqa. Buning uchun ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta xabarlari, onlayn
o‘yin chatlari va boshqa veb-saytlardan foydalaniladi. Gruming bilan shug‘ullanuvchi nopok shaxs sovg‘a berish yoki muammoni hal etish bo‘yicha o‘z yordamini tavsiya etib, uchrashuv belgilashi ham mumkin. INTERNETDA O‘ZINGIZ TANIMAGAN SHAXSLAR BILAN MULOQOT QILMANG.


Bulling – boshqalarga turli yo‘llar bilan ozor yetkazish. Internet tufayli bunday salbiy jarayonlar yengillashdi, pinhona ish qilish uchun imkoniyatlar yaratildi. Internetning anonimligi hisobiga ayrim nopok shaxslar haqoratli matnlar yozishi, turli rasmlarni yuborishi mumkin. Chunki ular o‘z raqibining yuzini ko‘rmaydi va o‘z harakatining oqibati haqida o‘ylamaydi. Shuning uchun ham Internetda
begonalar bilan do‘stlashmang, qandaydir kelishmovchilik yuzaga kelsa, darhol aloqani uzing.


Profil yaratish. Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarga o‘zini tanishtirish maqsadida profil yaratish uchun foydalanuvchi o‘z shaxsiy axborotlarini taqdim etishi lozim. O‘smirlar va yoshlar bunday jarayonga juda qiziqishadi va ba’zan shaxsiy manzili yoki telefon raqamlarini ham taqdim etishadi. Aksariyat ijtimoiy tarmoqlar muloqot ma’lumotlarini ko‘rsatgan shaxslarga reklamalarni yuboradi.
Foydalanuvchi o‘zi haqida qanchalik ko‘p ma’lumot bersa, reklama shunchalik yo‘naltirilgan bo‘ladi. Foydalanuvchilarning profillari veb-saytlarning ma’lumotlar bazasidan o‘rin oladi. Platformaning provayderi istalgan vaqtda bu ma’lumotlarni uchinchi shaxsga sotib yuborishi ham mumkin.



Download 5,45 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 5,45 Mb.