|
Iii bob. Internetda
|
bet | 1/15 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 5,45 Mb. | | #112157 |
Bog'liq Internetda ishlash asoslari va elektron pochta
III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA
ELEKTRON POCHTA
O‘QUV MAQSADI KO‘NIKMA
76 INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
III BOB.
Bu bobda Siz:
Internetning asosiy tushunchalari;
brauzer dasturlari va qidiruv tizimlarining farqlari;
Internetda ma’lumotlarni izlash usullari;
axborotlarning ishonchliligini aniqlash;
axborotlarni izlash madaniyati;
mualliflik huquqlari masalalari va mualliflik huquqi litsenziyalari;
fishing, bulling, firibgarlik kabi
internet xavf-xatarlari;
Internetga tobelik va uni bartaraf etish yo‘llari;
elektron pochta va uning imkoniyatlarini bilib olasiz.
Bob yordamida Siz:
brauzer dasturlari orqali axborotlarni qidirish;
qidiruv tizimlari bilan ishlash va ularda axborot qidirish;
Internetdagi ma’lumotlarni saqlab olish;
grafik, audio va videoma’lumotlarni izlash va yuklab
olish;
elekron pochta qutisini yaratish; elektron pochta orqali xabar almashish;
Internet xavf-xatarlaridan saqlanishni bilib olasiz.
VOSITALAR
Google Chrome Internet Explorer
dars. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI
Insonlarning kompyuterlararo ma’lumot almashish ehtiyoji Internetning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Internet turli yangiliklarni о‘qish, ma’lumotlarni olish, manbalardan foydalanish, elektron kutubxonalar va dunyodagi eng yirik muzeylar kataloglarini kо‘rib chiqish, internet-dо‘konlardan mahsulot xarid qilish, onlayn konferensiyalar о‘tkazish, radio va telekanallarni onlayn kо‘rish, shuningdek, ularning yozib olingan arxiv yozuvlari bilan tanishish imkonini berdi.
Asosiy tushunchalar
Ikki yoki undan ortiq kompyuterning simli yoki simsiz bog‘lanishi kompyuter tarmog‘i deb ataladi. Eng katta kompyuter tarmog‘i bu – Internetdir.
1983-yil 1-yanvardan boshlab ARPANET (axborot uzatishni tadqiq qiluvchi agentlik) о‘zining zamonaviylashtirilgan, barcha tarmoqlar bilan aloqa o‘rnata oluvchi va Internet deb nomlanuvchi tarmoq apparat hamda dasturiy ta’minotini ishga tushirdi.
Internet – dunyoning bir nuqtasidan ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini beruvchi, yagona standart asosida faoliyat yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari majmui.
Internetdan kompyuter, mobil qurilma, televizor, avtomobil, о‘yin konsoli, musiqa markazlari
va boshqa qurilmalar orqali foydalanish mumkin. Internet ma’lumot almashish imkonini beruvchi axborot makoni bо‘lib, u dunyo bо‘ylab millionlab kompyuterlarni birlashtiradi.
Butunjahon Internet tarmog‘iga ulanish uchun provayder deb nomlangan kompaniyalardan foydalaniladi. Shuningdek, bunday kompaniyalar Internetga uyali telefonlar orqali ulanish imkonini ham beradi. Buning uchun aloqa kanali va modem kerak bо‘ladi.
WWW xizmati
WWW Internet manbalarini tashkil etish va undan foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Internet manbalari, о‘z navbatida, veb-sahifalardan tashkil topgan.
Veb-sahifa Internetdagi hujjat yoki axborot manbayi bо‘lib, tarkibida matn, rasm, video, gipermurojaat va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Veb-sahifadagi gipermurojaat joriy hujjatning boshqa qismiga yoki boshqa hujjatga о‘tishni ta’minlaydi.
Biror soha, faoliyat, mavzu, voqea va hodisaga bag‘ishlangan ma’lumotlarni о‘zida jamlagan hamda bir-biri bilan gipermurojaatlar orqali bog‘langan veb-sahifalar majmui veb-sayt deb ataladi. Har bir veb-saytning о‘ziga xos manzili mavjud.
Veb-sahifa yoki veb-sayt manzillari Internetdagi har bir veb-sahifa yoki veb-saytning uni qidirish uchun ishlatiladigan noyob veb-manzili yoki
URLi mavjud. URL uch qismdan iborat:
URL, odatda, “http” yoki “https” bilan boshlanadi. Bu qism protokol deb ataladi, u veb-sayt uchun ma’lumotlarning qanday uzatilishini boshqaradigan qoidalar tо‘plami hisoblanadi;
undan keyin veb-saytni aniqlaydigan qism davom etadi. Masalan: www.google. Bu qism domen nomi deb ataladi;
URL veb-sayt turi hamda qaysi davlatga mansubligiga ko‘ra, turlicha tugashi mumkin. Ular
|
| |